Italiya A Seriyasining 21-turida Eldor Shomurodov o‘ynayotgan “Spetsiya” jamoasi mehmonda “Empoli” mehmoni bo‘ladi.
Bo‘lajak uchrashuv liguriyaliklar uchun muhimroq. Chunki “Spetsiya” yuqori diviziondagi joyini saqlab qolish uchun kurashmoqda. Navbatdagi mag‘lubiyat jamoani xavfli hududga maksim darajada yaqinlashtirib qo‘yishi mumkin.
Ko‘pchilikni “Spetsiya” bosh murabbiyi Luka Gottining oldindagi uchrashuvda qaysi futbolchilar xizmatidan foydalanishi qiziqtirmoqda. Chunki jamoaning asosiy to‘purari Mbala Nzola jarohatidan qutilib, umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi. Angolalik hujumchisiz “Spetsiya” ketma-ket uchta bahsda raqiblar darvozasiga yo‘l topa olmadi. Nzola shu paytgacha to‘qqizta to‘p bilan muxlislarni xushnud etgandi.
Hozir Nzola hujum chizig‘ida yakka hukmron emas. “Spetsiya” mutasaddilari yarim mavsum uchun 1,5 million yevro to‘lab, “Roma”da o‘yin amaliyotisiz qolib ketgan Eldor Shomurodovni olib keldi. O‘zbek hujumchisi o‘zini ko‘rsatishga intilishi tabiiy. Har holda “Napoli”ga qarshi bahsda legionerimiz ancha faol o‘ynadi.
Italiya futbolini yoritayotgan https://footballnews24.it sayti jurnalisti Nikolas Libertining ma’lum qilishicha, “Empoli” va “Spetsiya” uchrashuvida ajoyib “duel” kutilmoqda. Bu to‘qnashuv A Seriyaning eng zo‘r darvozabonlaridan biriga aylangan Gulelmo Vikario hamda o‘zini ko‘rsatishi shart bo‘lgan Eldor Shomurodov o‘rtasida bo‘ladi.
26 yoshli Vikario ishonchi o‘yinlari bilan grand klublar e’tiboriga tushdi. “Napoli”, “Roma” va xorijning bir necha jamoalari italiyalik posbonni yozda jamoasini alishtirishga undamoqda. Italiya terma jamoasi murabbiylar shtabi ham uni sinovdan o‘tkazish uchun tarkibga qo‘shib qo‘ygan.
“Spetsiya” bosh murabbiyi Luka Gotti “Empoli”ga qarshi uchrashuvda boshlang‘ich tarkibda Eldor Shomurodovni maydonga tushirishi kutilmoqda.
- Bizga ko‘p o‘yinchilarimiz yotishmayapti. Men ayrim o‘zgarishlar haqida bosh qotiryapman. Shunday qilishga majburman. Mbala Nzola va Albin Ekdal kuni kecha ilk bor maydonda shug‘ullandi. Ular jamoaga o‘z hissalarini qo‘shishga shoshilayotganini ko‘rib turibman va ularga ishonch bildirayotganim ham bor gap.
“Empoli”ga qarshi bo‘ladigan bahs biz uchun oxirgi o‘yin emas. Shu bois, jndi safga qaytgan o‘yinchilarning salomatligini xavfga qo‘ya olmayman. Har bir ishga uzoqni o‘ylab, istiqbolni hisobga olib qo‘l urishimiz kerak, - dedi Luka Gotti.
Ekspertlar bosh murabbiyning bu gaplaridan keyin “Empoli” maydonida bo‘ladigan bahsda “Spetsiya”ning asosiy hujumchisi vazifasini yana Eldor Shomurodov bajarishini alohida ta’kidlamoqda.
Aksariyat saytlar uchrashuvda quyidagi tarkiblardan foydalanishini taxmin qilinmoqda:
“Empoli” (4-3-1-2): Gulelmo Vikario; Tayron Ebeyi, Adrian Ismayli, Sebastyano Luperto, Fabiano Parizi; Jan-Daniel Akpa-Akpo, Rezvan Marin, Filippo Bandinelli; Tommazo Baldanzi; Martin Satriano, Franchesko Kaputo. Bosh murabbiy Paolo Dzanetti.
“Spetsiya” (3-5-2): Bartlomey Dragovski; Kelvin Amyan, Dimitrios Nikolau, Pshemislav Vishnevski; Emil Xolm, Mehdi Burabia, Salvatore Espozito, Kevin Agudelo, Arkadiush Reka; Emmanuel Gyasi, Eldor Shomurodov. Bosh murabbiy Luka Gotti.
Uchrashuv 11 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi