356
Vadim Abramov: "O‘zbek futbolida muammolar judayam ko‘p. Hammasini aytish uchun bir soat yetarli emas"
Samarqandning “Dinamo” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov “Championat.Asia” saytiga intervyu berdi. Intervyu davomida murabbiy jamoaning yangi mavsumga tayyorgarligi, Pro-ligadan kutayotganlari, yuqori divizionga qaytish, umuman, o‘zbek futbolining darajasi haqida fikr bildirdi.
- “Dinamo”ning mavsumga tayyorgarligiga qanday baho bergan bo‘lardingiz? Jamoa Pro-ligaga tayyormi?
- Umuman olganda, hammasi yaxshi. Rejadagi barcha ishlarni amalga oshiryapmiz. Toshkentda yig‘in hamda o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazyapmiz. Barcha pozitsiyalar bo‘yicha tarkib shakllantirilmoqda. Hozircha yangi kelganlarning birortasini ajratib ko‘rsatolmayman, chunki jamoa bosim ostida.
- O‘tgan mavsum Superligadagi o‘rnini saqlab qolish uchun klubga nima yetishmadi?
- Bizda mudofaa o‘yinchilari yetishmaydi, deb ilgari ham aytgandim. Umuman olganda, jamoada malakali himoyachilar yo‘q edi. Mudofaa chizig‘ida bizda bitta nominal himoyachi bor edi - serbiyalik Mixaylo Yovanovich. Ammo u yo betob bo‘lib yoki sariq kartochkalar ko‘payib ketganligi sababli bir necha o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. Mixaylo tarkibda bo‘lgan bahslarda yaxshi o‘yin namoyish etgandik, lekin usiz hammasi orqaga ketdi. Aslini olganda, bizda himoyachilar umuman yo‘q edi.
- Yaqinlashib kelayotgan yangi mavsum haqida qanday fikrdasiz? Sizningcha, qaysi jamoa “Dinamo”ning yuqori pog‘onalar uchun kurashdagi asosiy raqibi bo‘ladi?
- Bu haqda nimadir deya olmayman. Oldimizda aniq vazifa turibdi - Superligaga qaytish va u yerda ko‘ngildagidek o‘yin ko‘rsata oladigan jamoani shakllantirish. Biz shu yo‘nalishda harakat qilyapmiz. Raqobatchilarga kelsak, nazarimda, Pro-liganing yangi mavsumida ishtirok etadigan deyarli barcha jamoalar Superligaga yo‘l olish uchun kurashadi.
- Albatta, Superligani kuzatib borasiz. Qaysi klubni yangi mavsum oldidan favorit deb atash mumkin?
- Titul uchun o‘tgan yili chempionlikka kurashgan besh-oltita klub raqobatlashadi. Qandaydir kutilmagan hodisa sodir bo‘ladi deb o‘ylamayman.
- Ko‘pchilik Superliganing saviyasi yildan-yilga tushib ketyapti deb hisoblamoqda. Siz ham shu fikrlarga qo‘shilasizmi va bu nima bilan bog‘liq deb o‘ylaysiz?
- Qo‘shilaman. Buning sabablar bisyor, men ularni hozir muhokama qilishni xohlamayman. O‘zbek futbolida muammolar juda ko‘p, ularning barchasi haqida gapirish uchun bir soat ham kamlik qiladi.
- Superliga murabbiylaridan qay birini alohida ajratib ko‘rsata olasiz?
- Superligada yaxshi mutaxassislar yetarlicha. Ilk mavsumida “Paxtakor” bilan chempion bo‘lgan Maksim Shatskix, shuningdek, “Nasaf”da Ro‘ziqul Berdiyev yaxshi ish faoliyati olib boradi. Men Timur Kapadzening ismini ham tilga olmoqchiman. Har kimning futbolga o‘z qarashi bor, bu chempionatimizning yanada kuchliroq va qiziqarliroq o‘tishini ta’minlaydi.
Nikolay Yegorichev suhbatlashdi
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi