Marselo "Olimpiakos"ni tark etdi

Marselo "Olimpiakos"ni tark etdi
Rasman Marselo "Olimpiakos" bilan amaldagi shartnomasini bekor qildi klubni tark etdi. Bu haqda jamoa rasmiy xabar berdi.

"Butun "Olimpiakos" oilasi hamkorlik uchun Marseloga minnatdorchilik bildiradi. U bizning klubda kam o‘ynadi, lekin bu rishtalarimizni yaxshilashga yetarli bo‘ldi. Endi uning Yunonistonda do‘stlari bor", - deyiladi bayonotda.

34 yoshli himoyachining hozircha keyingi manzili aniq emas. U o‘ziga yangi klub qidirmoqda.

Ma’lumot uchun, Marselo mavsum boshida "Olimpiakos" tarkibiga kelib qo‘shilgandi. Braziliyalik futbolchi Gretsiya klubida 10 marta maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar