Foto: Getty Images
Germaniyaning Transfermarkt portali Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchilari reytingini tuzib chiqdi. Ushbu portal futbolchilarning shartnomasi va transfer qiymati ma’lumotlarini aniqlashga ixtisoslashgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston milliy jamoasi va Italiyaning «Spetsiya» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi sanaladi. Uning transfer qiymati 7 mln yevroga baholanmoqda.
Ikkinchi o‘rinni Moskvaning SSKA klubi va Qozog‘iston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Baxtiyor Zaynutdinov egalladi. Kuchli uchlikni Saudiyaning «An-Nasr» jamoasidan o‘zbekistonlik Jaloliddin Masharipov yakunladi.
Markaziy Osiyoning eng qimmat 10 nafar futbolchisi:
Eldor Shomurodov (O‘zbekiston/Spetsiya Italiya) – 7 million yevro;
Baxtiyor Zaynutdinov (Qozog‘iston/SSKA) - 5 mln;
Jaloliddin Masharipov (O‘zbekiston/An-Nasr) - 2,5 mln;
Aziz G‘aniyev (O‘zbekiston/Shabab Al-Ahli BAA) - 2 mln;
Otabek Shukurov (O‘zbekiston/Fotih Qoragumruk Turkiya) – 2 mln;
Igor Sergeyev (O‘zbekiston/Tobol Qozog‘iston) - 1,4 mln;
Nurali Alip (Qozog‘iston/Zenit Rossiya) - 1,2 mln;
Aleksandr Merkel (Qozog‘iston/G‘oziantep Turkiya) - 1 mln;
Marat Bistrov (Qozog‘iston/Axmat Rossiya) - 1 mln;
Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (O‘zbekiston/Nijniy Novgorod Rossiya) - 900 ming yevro.
Qirg‘iziston milliy jamoasining eng qimmat futbolchisi Valeriy Kichin (Yenisey Rossiya) – 750 ming yevro.
Turkmaniston milliy jamoasining eng qimmat futbolchisi Ruslan Mingazov (Kitchi Hongkong) – 550 ming yevro. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»