
Kongo demokratik respublikasidagi ayollar futbol chempionatida kutilmagan holat yuz berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, «Motema Pembe» ayollar klubi futbolchilari chempionatning «Mazembe» klubiga qarshi uchrashuvida belgilanmagan penalti sababli hakamga hujum qilishdi.
Quyidagi videoda hakam uni ta’qib qilayotgan yetti nafar o‘yinchidan qochib qutulishga astoydil urinayotgani va futbolchilar unga zarba berayotganini ko‘rish mumkin.
Natijada sportchilar hakamga yetib olishgan va uni kaltaklay boshlashgan. Stadion xodimlari aralashib, hakamni tribuna ostiga olib ketishgan.
Eslatib o‘tamiz, «Motema Pembe» bu vaqtga kelib 1:5 hisobida mag‘lub bo‘layotgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar