
A Seriya 23-turida "Spetsiya" "Yuventus"ni mehmon qildi va 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Garchi, spetsiyaliklar imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, o‘yin tomonlama "Yuventus"dan qolishgani yo‘q.
Uchrashuvdan so‘ng "Spetsiya" ustozi Fabritsio Loreri Turin klubiga qarshi o‘yin hamda Shomurodov haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Yigitlar butun o‘yin davomida ajoyib futbol namoyish etdi. Statistika ham gapimni isbotlaydi. Sensatsiya yaratish uchun imkoniyatimiz bor edi...
Shomurodov tobora o‘sib bormoqda. U biz uchun muhim futbolchi va holati kundan-kunga yaxshilanyapti. "Yuventus"ga qarshi Eldor buni yana bir bor isbotladi", - dedi Loreri. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar