date

Evromavsumning eng yorqin va jangovar o‘yinlarining top-5 taligi

Evromavsumning eng yorqin va jangovar o‘yinlarining top-5 taligi

«Yuventus» va «Bavariya»ning o‘zaro kurashi, Tbilisidagi gollar shousi hamda Kloppning sobiq va hozirgi jamoasi ishtirokida 2015/2016 yil bo‘lib o‘tgan evropa futbolidagi eng qiziqarli ushrashuvlar haqida


11.08.2015. «Barselona» - «Sevilya» – 5:4. UEFA Superkubogi.
Tbilisidagi o‘yin bizning xit-paradimizni mavsumning eng qiziqarli o‘yini sifatida ochib beradi. O‘shanda «Barselona» va «Sevilya» haqiqiy futbol spektaklini namoyish qilishgan. «Sevilya» ning tezkor goliga «Barselona» ketma-ket 4 gol bilan javob bergan edi. Bunday paytlarda kataloniyaliklar g‘alabani berib qo‘yishmaydi. Konoplyankaning debyut goli evaziga andalusiyaliklarga o‘yinni overtaymgacha olib borgan edi. Baribir oxirgi so‘zni aytish Luis Enrike shogirdlariga nasib qilgan.


20.10.2015. «Bayer» – «Roma» – 4:4. Chempionlar ligasi, 3 tur.
Yoki Rodjer Shmidt o‘z muxlislari asabini o‘ynashni yaxshi ko‘radi yoki klub rahbarlari homiysining farmasevtika mahsulotlarini shu tarzda reklama qilishni talab qilishadi, chunki o‘tgan mavsumda ham «Verder» va «Volfsburg» bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda muxlislariga "validolni" eslatuvchi o‘yinni sahnalashtirgan edilar. Mana yangi mavsumda o‘zlariga ishonchni oshirishdi. Leverkuzendagi ushbu uchrashuv mehmonlarning foydasiga hal bo‘lishi kerak edi, Chicharitoning dubliga uchrashuvning birinchi qismidayoq De Rossi o‘z dubli bilan javob qaytargan edi. Tanaffusdan keyin rimliklar 2 ta gol farqi bilan oldinga o‘tib olishgan, o‘yin tugashiga 5 minut qolganda Kempelning o‘yin suratini oshirib chiroyli gol urishi va Mexmedining zahiradan maydonga tushib gol urishi "farmasevt" larni mag‘lubiyatdan qutqarib kolgan edi.


16.03.2016. «Bavariya» – «Yuventus» – 4:2. Chempionlar ligasi, 1/8 final.
Bu qarama-qarshilik Chempionlar ligasining tarixiga "eng qiziq o‘yin" sifatida aniq kiradi. Barchasi birinchi o‘yindan boshlangan edi, shunda o‘yinning 2-qismida "Yuventus" qahramonlarcha mag‘lubiyatdan qutulib qolgan edi. "Alyans-arena" ga uydagi 2:2 hisobi bilan borish yaxshi ko‘rsatkich emas edi. Lekin "Keksa sinorlar" ushbu uchrashuvdan hissiyotlarga to‘la zaryad olishgan edilar. Bu hisob "Bavariya"ni oyog‘idan chalib qo‘yishi mumkinga o‘xshar edi. Bo‘lmasa buni qanday tushuntirish mumkin, birinchi taymdagi "Bavariya" ning halokatli o‘yini-yu, jamoaning jar yoqasiga borib qolganligini. Muxlislarning va shaxsan Gvardiolaning baxtiga maydonda Tomas Myuller bor edi, qo‘shimcha vaqtdagi uning kiritgan goli evaziga mazkur klublar o‘rtasidagi munosabat overtaymda aniqlanishiga mahkum etildi. Keyin esa "Yuventus" da o‘zgarish qilishga kuch etishmadi.


14.04.2016. «Liverpul» – «Borussiya D» – 4:3. Evropa ligasi, 1/4 final.
«Liverpul» dan yana bir qutlug‘ o‘yin. Futboldagi sof shakldagi jinnilik. O‘ninchi minutdan keyin «Borussiya» 2 ta to‘p farqi bilan oldinga o‘tib olgach, ko‘pchilikning fikricha ish bajarilgan edi. Sababi ushbu vaziyatda mersisaydliklar turnirning keyingi bosqichiga chiqishlari uchun raqib darvozasiga nafaqat 3 ta gol urishlari, shu bilan birga o‘z darvozalaridan boshqa to‘p o‘tkazmasliklari kerak edi. Birinchi taym shu hisobda tugadi, tanaffusdan so‘ng esa Divok Origi oradagi farqni qisqartirdi va o‘yinni qutqarib qolish uchun umid o‘yg‘otdi. Lekin Roys yana oradagi farqni 2 ta to‘p farqiga uzaytirdi, bu bilan o‘yin taqdiri hal bo‘lganga o‘xshardi. Ammo bunday bo‘lib chiqmadi, Koutino oradagi farqni yana 1 ta to‘pga qisqartirdi, keyin 1 ta gol urib o‘z so‘zini Sako aytdi. O‘yinning oxirgi sekunlarida Lovren gol urib Kloppning jamoasini yarim finalga chiqarishdi. vыvel komandu Kloppa v polufinal. Bu aql bovar qilmas tomoshabop o‘yin ediki, uning hurmati uchun xotirangizni tozalab uni qaytadan ko‘rish mumkin.


24.04.2016. BATE - «Dinamo Mn» – 3:3.
Uncha kam bo‘lmagan qiziqarli o‘yin bo‘ldi. «Borisov-Arena» dagi ushbu o‘yin uni ko‘rganlarga qo‘shimcha quvonch baxsh etdi. BATE yarim himoyachisi Stasevichning tezkor goliga "Dinamo" yarim himoyachisi Jukovskiy o‘zining tezkor javob goli bilan javob qaytardi. Keyingi golni ko‘rish uchun 75 minut kutishga to‘g‘ri keldi, shunda BATE Milunovichning goli evaziga yana oldinga chiqib oldi. Bir qaraganda oddiy o‘yin, favorit qiyinchilikka uchramoqda, lekin kutilgan o‘yinni o‘z raqibiga o‘yin oxirida ko‘rsatdi. Kim o‘ylabdiki, o‘yin tugashiga 15 minut qolganda urilgan gollar, o‘yinning daslabki 75 minutida urilgan gollarga teng bo‘ladi deb. O‘yin tugashiga 5 minut qolganida 2 ta to‘p farqi bilan BATE oldinga o‘tib oldi, keyin minskliklar tomonidan ajoyib qaytish amalga oshirildi va oradagi farq yo‘qqa chiqarildi. Xulosa qilib ushbu o‘yinni mavsumning eng qiziqarli o‘yinlardan biri bo‘ldi deyishimiz mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Evromavsumning eng yorqin va jangovar o‘yinlarining top-5 taligi