15:42 / 24.02.2023
480

Angliya akademiyalarida tahsil olgan Nodirbek Bobomurodov "Surxon" bilan nimalarni rejalashtirmoqda?

Angliya akademiyalarida tahsil olgan Nodirbek Bobomurodov "Surxon" bilan nimalarni rejalashtirmoqda?

Angliyada katta bo‘lgan va mamlakatning turli divizionlarda to‘p surgan vatandoshimiz Nodirbek Bobomurodov "Surxon" bilan shartnoma imzolaganidan xabaringiz bor. Sports.uz ingliz futbol maktabida tahsil olgan futbolchi bilan eksklyuziv intervyu uyushtirdi. Ushbu suhbatni e’tiboringizga taqdim etamiz.

Siz bilan anchadan beri tanishmiz. Ko‘pchilik Angliyada katta bo‘lib, Buyuk Britaniya futbol akademiyalarini tamomlaganingizdan bexabar. Aytingchi, u yerda futbol bilan professional shug‘ullanganmisiz?

- “Surxon”ga qadar “Korintian Kasuals” jamoasida faoliyat olib bordim. U ingliz futbol ligalarining 3-bosqichida harakat qiladi. Futbol bilan professional shug‘ullanganman, ammo keyinroq yarim professional klub sharafini himoya qildim.

Siz bilan avvalroq O‘zbekistonning turli yosh toifasidagi murabbiylar aloqaga chiqqanmi?

- To‘g‘risi, yo‘q. Hech qachon men bilan qiziqishmagan. Balki bunga hojat bo‘lmagandir. Bilmadim, ammo milliy terma safida to‘p surishni orzu qilaman. Nasib qilsa, mehnat qilib bu darajaga erishishni rejalashtirganman. Bir kun albatta terma safida debyut qilaman degan umiddaman.

O‘zbek futbolini avvallari ham kuzatarmidingiz?

- Albatta! So‘nggi ikki yil davomida chempionat o‘yinlarini, turnir jadvalini kuzatdim. O‘tgan mavsumdagi intriga meni hayron qoldirdi. O‘zbekistonda futbolni juda yaxshi ko‘rishadi. Ishqibozlar imkon qadar stadionlarga tashrif buyurishga urinadi. Bu yoqimli holat.

Nega aynan “Surxon” variantini tanladingiz? O‘zbekistonga qaytishga nima undadi?

- Birinchi navbatda, bu yer meni vatanim, uni juda yaxshi ko‘raman. Menga taklif bilan chiqishdi. Bu men uchun juda yaxshi imkoniyat. O‘zimni tanitish va o‘zbek futbol ishqibozlariga bor ekanligimni ko‘rsatib qo‘yishni istadim. Jamoamiz asosan yoshlardan tashkil topgan. Men kabi katta futbolda ko‘p narsani isbotlamoqchi bo‘lgan yigitlar yig‘ilgan bu yerga.

Mahalliy futbolchilarimizdan kimlarni bilasiz? O‘zbekistonlik futbolchilardan qaysi biri bilan do‘stsiz yoki yaqin munosabatdasiz?

- To‘g‘risi, bunga qadar ular orasida do‘sltarim yo‘q edi. Hozir ancha-munchasi bilan tanishib olishga ulgurdim. Menimcha, qisqa fursat ichida barcha bilan tanishib olaman.

Avvalo, O‘zbekistondagi ishlaringizda omad tilayman. Aytingchi, rejalaringiz qanday? O‘zbekiston Superligasidan nimalarni kutyapsiz?

- Juda ham yorqin mavsum kutmoqdaman. Chiroyli o‘yin namoyish etib, jamoamning g‘alabalariga hissa qo‘shishni istayman. Superliganing o‘tgan yilgi intrigasini inobatga olsak, bunisi undan qolishmasligi aniq. Nasib qilsa, gol va assistlarim bilan ishqibozlarni xursand qilaman.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Angliya akademiyalarida tahsil olgan Nodirbek Bobomurodov "Surxon" bilan nimalarni rejalashtirmoqda?