22:10 / 25.02.2023
301

Sardor Rashidov "Qayrat" bilan uchrashuvdan so‘ng yana nimalar dedi?

Sardor Rashidov "Qayrat" bilan uchrashuvdan so‘ng yana nimalar dedi?

"Paxtakor" yarim himoyachisi Sardor Rashidov "Qayrat"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Futbolchi bugungi uchrashuvda ajoyib zarba bilan raqib darvozasini ishg‘ol qilib jamoasining gollaridan biriga mualliflik qildi. 

"O‘yin qiziq o‘tdi. Birinchi navbatda noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan stadionga kelib qo‘llab-quvvatlab turishdi. Rasmiy bellashuvlar oldidan oxirgi o‘rtoqlik o‘yinimizni ko‘tarinki ruhda yakunladik. Superliga va O‘zbekiston kubogida g‘oliblik uchun kurashamiz. Bilasiz "Paxtakor" doim o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yadi", - deydi Sardor Rashidov.

- "Paxtakor"ga qaytishingizni gol bilan nishonlashni kutganmidingiz?

- Kutish yoki kutmaslik emas, gol urish niyatim bor edi. "Paxtakor"dagi so‘nggi golimni ham "pushka" uslubida urgandim. Buni qarangki, qaytishim ham shunday bo‘ldi. Davomli bo‘lsin.

- Jamoaga kech qo‘shildingiz. Sport formangiz qanday?

- 100 emas, 70-80 foiz yaxshi holatda deya olaman. O‘yinlargacha yanada optimal holga kirishga harakat qilaman.

- "Paxtakor"da nima o‘zgargan?

- Bugungi "Paxtakor"da hamma narsa o‘zgargan. Maksim Shatskix o‘zi ham futbol o‘ynagan. Shu bois qo‘l ostidagi shogirdlarini ham tushunadi. O‘ylaymanki, bu mavsum OCHLda ham yaxshi natija ko‘rsatamiz.

- Uzoqdan ko‘p bor chiroyli gollar urasiz. Buning siri bormi?

- Hammasi xudodan. Biz faqat tepamiz, xolos.

- "Paxtakor"ga OCHLda ham yordam berasizmi yoki yozda boshqa jamoalardan taklif tushsa klub qo‘yib yuboradimi?

- Bu savolingizga javob bera olmayman.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sardor Rashidov "Qayrat" bilan uchrashuvdan so‘ng yana nimalar dedi?