date

Levandovski "Real" ga o‘tib ketish bilan tahdid qilmoqda

Levandovski "Real" ga o‘tib ketish bilan tahdid qilmoqda

«Bavariya» klubi Polsha terma jamoasining hujumchisi Robert Levandovski bilan tuzilgan amaldagi shartnoma muddatini 2021 yilgacha uzaytirishni istamoqda.

Klubning Robert bilan tuzilgan amaldagi shartnoma 2019 yilda tugaydi. Hozir uning bir mavsumdagi oladigan maoshi 9 mln. evroni tashkil qiladi.

Agar u klubi bilan tuzilgan amaldagi shartnomasining muddatini uzaytirishga kelishsa yangi shartnoma bo‘yicha bir mavsumda 15 mln. evro maosh oladi.

Lekin "Bavariya" klubi hujumchisi Robert Levandovski esa yozgi transfer bozori paytida erishgan ko‘rsatkichlari hisobidan klub rahbarlarini e’tiborini tortib klubda eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylanishni rejalashtirmoqda.

Hujumchining o‘zi bir mavsumda 20 mln. evrodan kam maosh olmoqchi emas. Shuning uchun u klub rahbarlarini "Real" bilan muzokaralar olib borayotganligi bilan tahdid qilmoqda, qaysiki mazkur qirollik klubi bu futbolchini sotib olishdan juda ham manfaatdor.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Levandovski "Real" ga o‘tib ketish bilan tahdid qilmoqda