Rossiya Osiyo shaxmat konfederatsiyasiga qabul qilinadi

Rossiya shaxmat federatsiyasi Osiyo konfederatsiyasi a’zoligiga qabul qilinadi. Osiyo shaxmat konfederatsiyasi (ACF) bosh assambleyasi delegatlarining katta qismi Rossiyaning Osiyo qit’asiga o‘tishini qo‘llab-quvvatlashdi.
Abu-Dabidagi ushbu tadbirda qatnashgan 36 mamlakat delegatsiyasidan 29 tasi Rossiyaning Yevropadan Osiyoga o‘tish so‘roviga ijobiy javob berdi. 6 mamlakat — betaraf, birgina qarshi ovoz berilgan — qaysi mamlakat ekanligi ko‘rsatilmagan.
FIDE Rossiya va Belarus shaxmatchilariga neytral statusda xalqaro musobaqalarda qatnashishga ruxsat bergan, keyinroq ushbu mamlakatlarning jamoaviy turnirlardagi ishtirokini taqiqlagandi.






























Izohlar 0
…