Qatar U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Inyaki Abadiya Osiyo Kubogi musobaqasi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Janob murabbiy, sizning jamoangiz turnirga qanday tayyorgarlik ko‘rdi?
- Hammaga hayrli kun, biz tayyorgarlikni yanvar oyidan beri davom ettirmoqdamiz. Hozir esa uni tugatib, O‘zbekistonga tashrif buyurdik. Bizni bu yerda juda iliq kutib olishdi.
- Eron terma jamoasi jismoniy jihatdan juda kuchli. Ularga qarshi kechadigan o‘yinda qanday uslubda o‘ynamoqchisizlar?
- Jamoamizda eng kuchli o‘yinchilar yig‘ilgan va ular har bir raqibga qarshi o‘ynashga tayyor. O‘rganishlar jarayonida Eron terma jamoasi futbolchilari jismoniy taraflama kuchli ekanligi guvohiga aylandim. Biz o‘tkazgan yig‘inlarimizda futbolchilarimning jismoniy holatini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratdik.
- Qatarda ko‘pchilik ushbu avloddan juda katta natijalar kutmoqda, chunki hozirgi avlod juda mahoratli va ajoyib o‘yinchilarga ega. Shu tarkibdagi o‘yinchilar turnirda o‘zini ko‘rsata oladimi va futbolchilar porlab chiqishini kutsak bo‘ladimi?
- Bu jamoa avvalroq bor-yo‘g‘i bita katta turnirda ishtirok etgan. Shaxsiy kutayotgan natijalarim – futbolchilar har bir uchrashuvda o‘zlarining yaxshi o‘yinini namoyish etishlari kerak va har bir uchrashuvdan so‘ng natijalarni ko‘raveramiz.
- Asosiy tarkibda jarohatlangan o‘yinchilar bormi?
- Barcha futbolchilarimiz yertaga bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga tayyor.
- Qatar terma jamoasining musobaqadagi maqsadi qanday, aniqrog‘i, terma jamoa uchun natija muhimmi yoki o‘yinchilar tajriba orttirishimi?
- Qatar terma jamoasida aniq tizim bor. Barcha yosh toifasidagi terma jamoalar bosh termaga eng yaxshi o‘yinchilarni yetkazib berishni maqsad qilgan va U-20 terma jamoasi ham bundan mustasno emas. Biz katta tizimning bir qismimiz, lekin natija ham biz uchun muhim rol o‘ynaydi.
"B" guruhi doirasidagi Qatar – Eron uchrashuvi bugun Farg‘onadagi "Istiqlol" o‘yingohida 19:00 da start oldi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring