23:11 / 01.03.2023
487

Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi bugungi mag‘lubiyatni qanday izohladi?

Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi bugungi mag‘lubiyatni qanday izohladi?

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi guruh bosqich 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Suriya uchrashuvida hamyurtlarimiz zafaqr quchdi. Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida raqib jamoa bosh murabbiyi Mark Votte ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"O‘zbekiston yaxshi jamoa ekanini bilardik. Jamoamiz yaxshi o‘ynadi. Biz qo‘limizdan kelganini qildik. Biroq raqib ham munosib qarshilik ko‘rsatdi va g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Hisobni tenglashtirishga harakat qildik. Ammo omad bizdan yuz o‘girdi. 14-raqamli futbolchining jarima zarbasidan urgan goli ajoyib bo‘ldi. Darvozabonimiz to‘pni qaytarishga urindi. Ammo raqib futbolchisi super zarba yo‘llagandi. Fantastik zarba. O‘zbekiston top jamoa ekanini ko‘rsatib berdi.

Birinchi o‘yin qiyin bo‘lishi aniq edi. Muxlislar ajoyib atmosfera yaratib berdi. To‘g‘ri, ilk o‘yinni boy berdik. Biroq hamon keyingi bosqichga chiqish imkonimiz saqlanib qoldi va biz bundan to‘liq foydalanishga harakat qilamiz.

O‘ylashimcha, yigitlarim yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Ular qo‘ldan kelgancha harakat qildi. Shunga qaramay, ba’zida omad sizdan shunchaki yuz o‘giradi. Jarima zarbasidan urilgan golda shunday holat ro‘y berdi", - dedi mutaxassis.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi bugungi mag‘lubiyatni qanday izohladi?