20:14 / 04.03.2023
229

Ro‘ziqul Berdiyev: "O‘yin raqibning rejasi bo‘yicha ketdi, doim ham bunday golni urish qiyin"

Ro‘ziqul Berdiyev: "O‘yin raqibning rejasi bo‘yicha ketdi, doim ham bunday golni urish qiyin"

“Nasaf” – “Andijon” (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- O‘yin haqida nimalar aytasiz?

- Mavsumni yaxshi boshlamadik. Bugungi uchrashuv raqibning rejasi bo‘yicha ketdi. Himoyalandi, himoyalandi, kutdi, sabr qilishdi. Har doim ham bunday golni urish qiyin. “Andijon”dan shunday o‘yinni ko‘zlagandik va maqsadiga erishdi. Ko‘rdinglar, ular ko‘p vaqt davomida himoyalandi. Vaqt cho‘zishga va qarshi hujumlarga o‘tishga harakat qilishdi. Afsuski, har doimgi muammoimiz – hujumdagi golli vaziyatlarni amalga oshirganimizda balki yengilroq bo‘lardi. Oxirgi uy uchrashuvlarini nimagadir og‘irroq o‘tkazyapmiz. O‘tgan yili ham, bu yil ham...Albatta, buning sababini o‘rganamiz. Mag‘lubiyatni ham qabul qilish kerak. Yaxshihamki, bu mavsumning boshi.

- Jamoangizga aynan nima yetishmadi?

- Mahorat. Shuning uchun ushbu holatga oldindan ko‘proq e’tibor qaratamiz. Bizda bu narsa doim muammo bo‘lib kelgan. Ko‘ryapsizlar, raqiblar kelib ko‘proq himoyalanganlarida yanada qiynalyapmiz. Yarimta vaziyat bo‘ladimi yoki standart holatlardanmi, golli imkoniyatlarni amalga oshirishimiz kerak. Boya aytganimdek, raqibni rejasi bo‘yicha ketdi.

- Umar Eshmurodov va tojikistonlik legionerni hatto qaydnomada ham ko‘rmadik...

- Bunga bir necha sabablari bor. Kimdadir jarohat yana kimdadir viza masalasi. Tojikistonlik futbolchimiz o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rayotgandi. Bu haqida kecha aytib qolishdi. Albatta, keyingi o‘yinlarda bular maydonga tushishadi.

- Ikkala bo‘limda ham jamoa o‘yinida pala-partishlik kuzatildi. 90 daqiqa o‘ynash uchun “Nasaf”da jismoniy holat ko‘ngildagidek bo‘lmadi. Bugungi mag‘lubiyat jismoniy holat bilan ham bog‘liqmi?

- Jismoniy holatimizni siz aniqlab bera olmaysiz. Agar jismoniy holatimiz kam bo‘lganida biz bugun oxirigacha yugurmagan bo‘lardik. Asosiy muammoimizni aytdim-ku, mahoratga ko‘p narsa bog‘liq. Bu birinchi o‘yin va raqib ko‘pchilik bilan himoyalanganida ancha qiyin bo‘ldi. Texnik xatolar bo‘ldi, ammo buni pala-partishlik demagan bo‘lardim. Jamoamda shoshilish va asabiylashish kuzatildi. Bu raqibga qo‘l keldi.

“Andijon” matbuot xizmati.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "O‘yin raqibning rejasi bo‘yicha ketdi, doim ham bunday golni urish qiyin"