O‘zbekiston Superligasi 1-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Qizilqum" bahsi yakuniga yetdi. Ushbu bahsda "lochinlar" yirik 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, Boltaboyev 19-daqiqada Boltaboyev hisobni ochdi. Ikkinchi taymning 72-daqiqasi o‘tib borayotgan bir paytda Golban oradagi farqni ikkitaga yetkazib qo‘ydi. Biroz o‘tib, Norxonov hisobni yirik 3:0 ko‘rinishiga keltirbi qo‘ydi.
Bellashuvdan so‘ng har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida "lochinlar" ustozi Samvel Babayanning o‘yin haqida bildirgan fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
- Assalomu alaykum, hurmatli jurnalistlar. "Navbahor" muxlislarini g‘alaba uchun tabriklayman. Doim g‘alaba bo‘lsin va doim xursandchilik bo‘lsin.
- Birinchi taymda ba’zan oddiy vaziyatlarda to‘pni yo‘qotdik, ammo butun o‘yin davomida nazorat bizning qo‘limizda edi. Umuman olsak, birinchi uchrashuv uchun yigitlar yetarlicha yaratuvchanlik ko‘rsatishdi. Joriy mavsumda oddiy o‘yinlar bo‘lmaydi. Hozir hamma jamoa yetarli darajada kuchli. Menimcha, 2022/23 yilgi mavsum avvalgisidan qiziqarliroq o‘tadi.
- Yegorda chindan ham og‘ir jarohat bor. Bizning u bilan shartnomamiz bor. Umid qilamanki, u maydonga qaytadi. Yegor yurtimizning eng kuchli himoyachilaridan biri. Krimes "lochinlar"ga va terma jamoamizga yordam bera oladi.
- O‘zgarishlar muxlislarning e’tirozi tufayli bo‘lmadi. O‘zgarishlarni maydondagi vaziyatdan kelib chiqib, amalga oshirdim. Qaytaraman, bu mavsumda oddiy raqibning o‘zi yo‘q. Bizda har bir pozitsiyada potensiali yuqori bo‘lgan ijrochilar bor. Umuman olganda, har bir futbolchimiz yaxshi darajada.
- Biz xatolar ustida ishlaymiz va konsentratsiyani yo‘qotmaslikka harakat qilamiz. Ba’zida raqib zarba pozitsiyasiga osonlik bilan chiqib boryapti. Eyforiya yo‘q. Biz o‘z imkoniyatlarimizni to‘g‘ri baholaymiz. Joriy mavsum har bir uchrashuvga alohida yondashish kerak.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring