07:50 / 06.03.2023
200

A Seriya. Markaziy uchrashuvda "Roma"ning qo‘li baland keldi

A Seriya. Markaziy uchrashuvda "Roma"ning qo‘li baland keldi

A Seriyada turning markaziy bahsi "Yuventus" - "Roma uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin rimliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

Yagona gol muallifi - Janluka Manchini. Himoyachi 53-daqiqada uzoq masofadan raqib darvozasini ishg‘ol qildi va hisobni ochdi. Ushbu gol yagonaligini saqlab qolib, mezbonlarga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa, "Roma" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Yuventus" esa 8-pog‘onoga tushib ketdi.

Roma – Yuventus 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 53 Manchini.

Roma – Ruy Patrisiu, Smolling, Manchini, Rojer, Spinatssola, Veynaldum (Bove, 73), Matich, Kristante, Pellegrini (Belotti, 86), Zalevski (Karsdorp, 64), Dibala (Abraxam, 73).

Yuventus – Shchensni, Aleks Sandro (Bonuchchi, 46), Danilo, Bremer, Kuadrado (Kin, 89), Kostich (Pogba, 77), Di Mariya, Rabo, Lokatelli (Paredes, 77), Fadjoli (Keza, 59), Vlaxovich.

Ogohlantirishlar: Lokatelli (31), Matich (33), Kristante (58), Spinatssola (63), Kostich (75).

Chetlatish: Kin (90).


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A Seriya. Markaziy uchrashuvda "Roma"ning qo‘li baland keldi