Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi: "Xitoyliklar ikkita imkoniyatdan shuncha gol urib ketdi"
20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan Xitoy - Saudiya Arabistoni uchrashuvida "Chin yurti vakillari" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida saudiyaliklar bosh murabbiyi Solih Salmon al Muhammadi ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"O‘yin qiyin bo‘ldi biz uchun. Har qanaqasiga omad bizdan yuz o‘girdi. Raqib ikkita imkoniyatdan shuncha gol urib ketdi.
Uzun paslarga ko‘proq e’tibor qaratdik. Sababi, xitoyliklar ko‘pchilik bo‘lib himoyalandi va zich mudofaani shu tarzda yorib o‘tishga harakat qildik. Afsuski, bu rejamiz o‘zini oqlamadi va biz mag‘lubiyatga uchradik.
Bizda jarohat olgan futbolchilar bor edi. Hujumchilarga e’tibor qaratishni to‘g‘ri deb bildik. Yaponlarga qarshi maydon markazida keskin kurash kechadi. Bizni yana bir og‘ir uchrashuv kutib turibdi", - dedi mutaxassis.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring