Blatter va yordamchilari 5 yil ichida FIFA da 80 mln dollar mablag‘ni o‘zlashtirib yuborgan

FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter, tashkilotning sobiq bosh kotibi Jerom Valke va uning o‘rinbosari, moliyaviy direktor vazifasini bajargan Markus Kattner keyingi 5 yil davomida FIFA hisobidan jami 80 mln dollar miqdoridagi mablag‘ni bonuslar ko‘rinishida o‘z hisoblariga o‘tkazib olishgan. Bu haqda "Kun" nashri xabar tarqatdi.
Yurist Bill Burkning aytishicha, FIFAning sobiq uch nafar amaldori "qing‘ir yo‘l orqali boyish" maqsadida amalga oshirgan harakatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar qo‘lga kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun Shveysariya prokuraturasi tomonidan FIFAning Syurixdagi qarorgohida tintuv o‘tkazildi va bir qator hujjatlar olib ketildi.
Prokuratura vakili bugungi tekshiruvlar Janni Infantinoga aloqador emasligini bildirdi.
FIFA amaldorlarining poraxo‘rligi bilan bog‘liq mojarolar o‘tgan yilning may oyida oshkor bo‘ldi. Shveysariya huquq tartibot organlari xodimlari tashkilotning bir necha nafar yuqori martabali amaldorlarini pora olishda gumon qilib qamoqqa oldi.
Bu mojarolar fonida Yozef Blatter iste’foga chiqdi. 2016 yilning fevralidagi saylovdan keyin Janni Infantino tashkilotning yangi rahbariga aylandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing