07:08 / 09.03.2023
273

YECHL 1/8 final, javob bahsi. "Bavariya" ishonchli tarzda PSJni mag‘lub etdi

YECHL 1/8 final, javob bahsi. "Bavariya" ishonchli tarzda PSJni mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 final javob bahslari doirasidagi ikki o‘yin 8 mart, chorshanba oqshomida bo‘lib o‘tdi.

“Bavariya” o‘z maydonida “PSJ”ni qabul qildi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida har ikki jamoa vakillarida golga tortadigan vaziyatlar bo‘ldi va kichik ustunlik mehmonlar tomonidan bo‘ldi. Biroq tanaffusga qadar hisob ochilmadi.

61-daqiqada Marko Verrattining himoyadagi xatosidan keyin yuzaga kelgan xavfli vaziyatni Erik Maksim Shupo-Moting gol bilan yakunlab, maydon egalarini oldinga olib chiqdi. Asosiy vaqt yakunlanishi arafasida Serj Gnabri jamoasining qarshi hujumini gol bilan yakunlab, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Shu tariqa Myunxen klubi ikkala o‘yinda ham g‘alaba qozongan holda chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi. “PSJ” esa ketma-ket ikkinchi mavsum 1/8 finaldayoq o‘z yurishini to‘xtatmoqda.

Yana bir o‘yin “Tottenhem” va “Milan” jamoalari o‘rtasida kechdi. Uchrashuvda hisob ochilmadi va milanliklar dastlabki o‘yindagi g‘alaba evaziga keyingi bosqichga yo‘l oldi.

YECHL 1/8 final, javob bahsi

“Bavariya” (Germaniya) – “PSJ” (Fransiya) 2:0

Gollar: 1:0 – 61 Shupo-Moting, 2:0 – 89 Gnabri.

“Bavariya”: Zommer, Stanishich, Upamekano, de Ligt, Goretska, Kimmix, Devis, Shupo-Moting (Sane, 68), Myuller (Joau Kanselu, 86), Koman (Gnabri, 86), Musiala (Mane, 82).

“PSJ”: Donnarumma, Hakimi, Ramos, Danilu Pereyra, Markinos (Mukiyele, 36; Bitshiabu, 46), Mendesh (Bernat, 82), Verratti, Fabian Ruis (Zair-Emeri, 76), Vitinya (Ekitik, 81), Messi, Mbappe.

Dastlabki bahs: 1:0


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YECHL 1/8 final, javob bahsi. "Bavariya" ishonchli tarzda PSJni mag‘lub etdi