10:02 / 09.03.2023
874

Eldor Shomurodovga joy qidirishyapti...

Eldor Shomurodovga joy qidirishyapti...

“Spetsiya”ni qabul qilib olgan Leonardo Semplichi zimmasiga jamoani yuqori divizionda olib qolish vazifasi yuklangan. Bu mutaxassis klubga qishki transferlar oynasi yopilganidan keyin keldi va yangi o‘yinchilarni olish imkoniyati yo‘q. Tarkibda borlarini o‘ynatishga majbur.

Semplichi qo‘l ostida “Spetsiya” ikkita uchrashuvda “Udineze” va “Verona” bilan durang qayd etdi. Mutaxassislar jamoa o‘yinida ijobiy o‘sish borligini ta’kidlamoqda.

Shu bilan birga Semplichi oldida avvalgi bosh murabbiy Luka Gotti talabi bilan sport direktori Eduardo Masia olib kelgan Eldor Shomurodovga asosiy tarkibdan joy topib berish masalasi turibdi. “Spetsiya” o‘zbek hujumchisini qo‘lga kiritish uchun yarim mavsumga 1,5 million yevro to‘lagan. Bu “Spetsiya” darajasidagi jamoa uchun oz pul emas.

Leonardo Semplichi esa, legionerimizni zaxiraga o‘tqazib qo‘ydi. Luka Gotti qo‘l ostida boshlang‘ich tarkib o‘yinchisi hisoblangan hujumchi oxirgi ikkita bahsda zaxiradan maydonga tushdi.

“Spetsiya” faoliyatini yoritib borayotgan https://www.cittadellaspezia.com sayti jurnalisti Andrea Bonatti Eldor Shomurodov masalasida maqola yozdi. Unda hamyurtimiz atrofidagi vaziyat ochib berilgan.

- “Spetsiya” jamoani qatqarib qoladigan yo‘lni topishi kerak. Ana shu maqsadda olib kelingan Eldor Shomurodov “Jenoa”da Destro bilan hujum juftligini tashkil qilib, nimalarga qodirligini ko‘rsatgan edi.

Joze Mourino esa, “Roma”da Eldordan qanot hujumchisi sifatida foydalanishga harakat qilib, buni uddalay olmadi. “Spetsiya”da nafaqat hujumchilar, balki yarim himoyachilar ham gol urishi kerak.

Chunki A Seriyada qolish uchun kurashayotgan raqobatchi jamoalar – “Verona” va “Kremoneze” o‘yinida ijobiy o‘sishlar kuzatilmoqda va ular oradagi ochkolar farqini qisqartirib boryapti.

Semplichi oldingi chiziqda Mbala Nzola va Eldor Shomurodov tandemini hosil qilmoqchi. Hozir buning yo‘llarini qidirmoqda. Agar ikki markaziy hujumchi bir paytda maydonga tushadigan bo‘lsa, o‘yin sxemasini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Semplichi aynan mana shu masala yuzasidan bosh qotirmoqda.

Statistik ma’lumotlar, Eldor Shomurodov markaziy hujumchi sifatida o‘ynagan uchrashuvlarda ko‘proq foyda keltirganidan dalolat bermoqda. O‘zbek futbolchisini o‘ynatgan barcha murabbiylar uning maydon markaziga va ba’zan himoya chizig‘igacha qaytib harakat qilishini qadrlashadi.

Bundan tashqari, Shomurodov tezlik borasida “Spetsiya”ning barcha forvardlaridan ustun. Semplichi Eldorning mana shu xususiyatidan ko‘proq foydalanishi kerak. Qolaversa,  klub sport direktori Eduardo Masia yanvarda o‘zi olib kelgan futbolchining boshlanich tarkibdan muqim joy olishidan manfaatdor.

 Demak, tez orada “Spetsiya”ning oldingi chizig‘ida ilk daqiqalardan Mbala Nzola va Eldor Shomurodov tandemini ko‘ramiz. Hozircha esa, Semplichi hali bu imkoniyatdan foydalangani yo‘q, - deb yozmoqda Andrea Bonatti.

“Spetsiya” navbatdagi uchrashuvini 10 mart kuni o‘z maydonida o‘tkazadi. Shu kuni Leonardo Semplichi shogirdlari musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan “Inter” futbolchilari bilan kuch sinashadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodovga joy qidirishyapti...