20:34 / 10.03.2023
480

Kapadze: U bizni uch ochkodan mahrum qildi

Kapadze: U bizni uch ochkodan mahrum qildi

Coca-Cola Superligasining 2-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" — "Olimpik" (2:2) uchrashuvidan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Qiyin uchrashuv o‘tkazdik. Birinchi bo‘limda kamchilik bo‘lib qoldik, shunga qaramasdan, shogirdlarim yaxshi harakat qildi. Hisobda oldinga chiqib oldik, g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Afsuski, durang qayd etildi. Bu biz uchun juda foydali o‘yin bo‘ldi, chunki o‘n kishi bo‘lib ham qanday harakat qilishni o‘rgandik. Uchrashuvni tahlil qilamiz.

Jasur Hasanov shu yoshida master-klass o‘tab berdi. Jasur Hasanov katta tajribaga ega va har doim yaxshi o‘yin ko‘rsatib kilgan. Albatta, undan yoshlar o‘rnak olsa bo‘ladi. O‘yindan avval uning harakatlarini o‘rganganmiz. Ammo Jasurda imkoniyat paydo bo‘lsa, u bundan foydalanadi. Afsuski, Jasur Hasanov bizni uch ochkodan mahrum qildi". 


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kapadze: U bizni uch ochkodan mahrum qildi