18:42 / 11.03.2023
171

Superliga. “Navbahor” o‘z maydonida “Metallurg” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

Superliga. “Navbahor” o‘z maydonida “Metallurg” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2-turida “Navbahor” 11 mart, shanba kuni “Metallurg” bilan bahs olib bordi.

Uchrashuvning 38-daqiqasida Jamshid Boltaboyev hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Jasur Yaxshiboyev namanganliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 

Ikkinchi bo‘limda esa “Metallurg” bir kishi kam bo‘lib qoldi. 74-daqiqada Ibrohim Ibragimov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Hakam qo‘shib bergan daqiqalarda esa Jamshid Iskandarov yakuniy hisobni o‘rnatdi.

“Navbahor” 2-turda ham g‘alaba qozonib, musobaqa jadvalida yetakchiga aylanib oldi. “Metallurg” esa ikkinchi o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchradi.

“Navbahor” — “Metallurg” 3:0

Gollar: 1:0 — 38 Jamshid Boltaboyev, 2:0 — 42 Jasur Yaxshiboyev, 3:0 — 90+2 Jamshid Iskandarov.

“Navbahor”: 1. O‘tkir Yusupov, 5. Milosh Milovich, 7. Oston O‘runov (77. Asadbek Sobirjonov, 62), 8. Jasur Yaxshiboyev (17. Abror Ismoilov, 73), 10. Jamshid Iskandarov, 14. Jamshid Boltaboyev, 21. Temurxo‘ja Abduxoliqov (11. Shohruz Norxonov, 62), 22. Igor Golban, 23. Yovan Jokich (9. Farruh Ikromov, 82), 24. Davronbek Hoshimov, 31. Luka Chermel (6. Ibrohim Yo‘ldoshev, 82).

“Metallurg”: 87. Akmal Ortiqov, 4. Kerim Palich, 6. Xudoyshukur Sattorov, 7. Husniddin G‘ofurov (10. Bektemir Abdumannonov, 63), 9. Zabihillo O‘rinboyev, 14. Abrorbek Toshqo‘ziyev, 21. Abdujalil Manazarov, 22. Shahzodbek G‘ofurbekov, 23. Behruz Shodmonov, 30. Ibrohim Ibragimov, 91. Marko Obradovich (77. Asilbek Qayumov, 63).

Ogohlantirishlar: Luka Chermel (32), Yovan Jokich (37), Kerim Palich (72), Abror Toshqo‘ziyev (86).

Chetlatish: Ibrohim Ibragimov (74).


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “Navbahor” o‘z maydonida “Metallurg” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi