22:03 / 11.03.2023
317

U-20 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliyani mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

U-20 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliyani mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

Yurtimizda o‘tayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogining chorak final o‘yinida O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga tushdi. Mazkur bellashuv asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. Ekstra-taymlarda ham hisob o‘zgarmay qoldi. Penaltilar seriyasida esa omad   kulib boqdi 

Shu tariqa, hamyurtlarimiz yarim finalga yo‘l oldi va jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Endi yoshlarimiz yarim finalda Janubiy Koreya - Xitoy o‘yini g‘olibi bilan kuch sinashadi.

U-20 Osiyo Kubogi

1/4 final

O‘zbekiston — Avstraliya 1:1

Gol: 0:1 — 77, Gabriel Popovich, 1:1 — 79, Zafarmurod Abdiraxmatov.

Penaltilar seriyasi: 5:4

O‘zbekiston U-20: 21.Otabek Boymurodov, 3.Abduqodir Husanov, 6.Jahongir O‘rozov, 7.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 8.Behruzbek Asqarov (4.Abubakr Ashurov, 113), 10.Umarali Rahmonaliyev (s), 13.Zafarmurod Abdiraxmatov (2.Izzatullo Po‘latov, 94), 14.Abbosbek Fayzullayev, 15.Diyorbek Ortiqboyev (17.Nodirbek s, 118), 20.Mahmudjon Mahamadjanov, 22.Sherzod Esanov (11.Shahriyor Jabborov, 64).

Zaxira: 1.Edem Nemanov, 12.Asrorbek Kenjayev, 5.Javohir O‘tamurodov, 9.Shahzodjon Ne’matjonov, 18.Saidafzalxon Axrorov, 19.Shahzod Akramov, 23.Asadbek Jo‘raboyev.

Avstraliya U-20: 1.Jek Varshavski, 2.Joshua Roulins (s), 3.Nektarios Triantis, 4.Kris Donnell (16.Jeyk Gerdvud-Rayx, 102), 7.Bernardo Oliveyra (17.Eydan Simmons, 61 (22.Jin Ris, 99)), 8.Alessandro Lopane, (19.Archi Gudvin, 90+2) 9.Gabriel Popovich (11.Rafael Rodriges, 102), 10.Adrian Segechich, 13.Panashe Madanya, 15.Jozef Ford, 21.Jed Dryu (20.Aleksandr Badolato, 61).

Zaxira: 12.Jeyms Nivenxuizen, 18.Aleksander Robinson, 5.Mettyu Dench, 6.Ris Bozinovskiy, 14.Kaelan Mayekodunmi, 23.Jonni Yull.

Ogohlantirish: Nektarios Triantis (45), Aleksandr Badolato (90+3).



U-20 Osiyo Kubogi1, O‘zbekiston1, Avstraliya1, Chorak final1

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-20 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliyani mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi