A Seriyaning 26-turida "Roma" "Sassuolo"ni o‘z maydonida qabul qilib, 4:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Dastlab, Arman Loryanta 5 daqiqani ichida dubl qilib, oardagi farqni ikkitaga yetkazdi. Rimliklar safida javob golini Zalevskiy kiritdi. Ammo taym so‘nggida mehmonlar yana bir bor davrozani ishg‘ol qilib, hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. Ikkinchi bo‘limda jamoalar bittadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuv tugashiga kam vaqt qolgaida Veynaldum ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Roma" turnir jadvalida 5-o‘ringa tushib ketdi. "Sassuolo" esa 13-pog‘onadan bormoqda.
"Roma" – "Sassuolo" 3:4
Gollar: 0:1 – 13 Loryante, 0:2 – 18 Loryante, 1:2 – 26 Zalevski, 1:3 – 45, penalti Berardi, 2:3 – 50 Dibala, 2:4 – 75 Pinamonti, 3:4 – 90 Veynaldum.
Roma – Ruy Patrisiu, Smolling, Kumbula, Rojer, Spinatssola (Karsdorp, 46), Veynaldum, Matich (Kamara, 56), Bove (Dibala, 46), Zalevski (Volpato, 77), El-Shaaravi, Abraxam (Mayxshak, 77).
Sassuolo – Konsili, Tolyan, Ferrari, Ruan (Erlich, 64), Rojerio (Markitssa, 88), Lopes (Obiang, 64), Frattezi, Mateus Enrike, Berardi (Bayrami, 76), Pinamonti, Loryante (Defrel, 76).
Ogohlantirishlar: Smolling (9), Lopes (50), Matich (54), Ruan (58), Rojer (73), Kamara (86).
Chetlatish: Kumbula (45).
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring