21:10 / 13.03.2023
199

Superliga. “Bunyodkor” 90+9-daqiqadagi gol evaziga “OKMK”ni mag‘lub etdi

Superliga. “Bunyodkor” 90+9-daqiqadagi gol evaziga “OKMK”ni mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2-turida “OKMK” va “Bunyodkor” klublari 13 mart, dushanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida Shohruh Abdurahmonov poytaxtliklarni oldinga olib chiqdi. Bunga Olmaliq vakillari 54-daqiqada Shohruh Gadoyevning goli bilan javob qaytardi.

60-daqiqada “OKMK” darvozabonining qo‘polligidan keyin belgilangan penaltini Igor Ivanovich muvaffaqiyatli amalga oshirdi. 85-daqiqada Irakli Ruhadze yana muvozanatni tikladi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Suhrob Izzatov “Bunyodkor”ga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa 2-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

Superliga

2-tur bahsi

“OKMK” — “Bunyodkor” 2:3

Gollar: 0:1 – 26 Abdurahmonov, 1:1 – 54 Gadoyev, 1:2 – 61, penalti Ivanovich, 2:2 – 85 Ruhadze, 2:3 – 90+9 Izzatov.

“OKMK”: 1. Botirali Ergashev, 2. Akrom Komilov, 3. Sardor Rahmonov, 4. Mirjamol Qosimov (17. Sanjar Tursunov, 68), 7. Dilshod Ahmadaliyev, 8. Abdulla Abdullayev, 9. Ruben Sanches Peres (11. Irakli Ruhadze, 81),10. Xurshid G‘iyosov, 15. Oybek Rustamov (5. Anzur Ismoilov, 46), 22. Shohruh Gadoyev ( 14. Mirjahon Mirahmadov, 81), 27. Martin Boake (88. Siyavash Xaqnazariy, 46).

“Bunyodkor”: 32. Suhrob Sultonov, 2. Aleksei Nosko, 4. Davron Ergashev, 6. Avaz O‘lmasaliyev, 7. Akbar Ismatullayev, 8. Shohruh Abdurahmonov (99. Umid Sultonov, 15. Jasur Hakimov (11. Igor Ivanovich, 55), 17. Viktor Sotnikau, 22. Usmonali Ismonaliyev, 33. Doniyor Abdumannopov (10. Rasul Yo‘ldoshev, 87), 34. Suhrob Izzatov.

Ogohlantirishlar: Rustamov (12), Boake (39), Gadoyev (44), O‘lmasaliyev (47), Ergashev (60), Ismonaliyev (74), Izzatov (90+2), Sultonov (90+4).


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “Bunyodkor” 90+9-daqiqadagi gol evaziga “OKMK”ni mag‘lub etdi