Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Rossiya Serbiyaga yutqazsa iste’foga ketishini aytdi

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Sluskiy Rossiya o‘rtoqlik uchrashuvida Serbiyaga yutqazsa iste’foga ketishini aytdi, deyiladi "Kun" nashrida.
"O‘yin natijasi haqida iste’foga ketishga sabab sifatida gapirsa bo‘ladi. Tabiiyki. agar jamoa yutqazsa. Siz savolni shunday qo‘ydingiz-ku", deb aytdi Sluskiy matbuot-anjumanida.
Uning aytishicha, Rossiya Chexiyaga qarshi avvalgi uchrashuvida o‘zining eng yaxshi holatida bo‘lmagan. Jamoa ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ygan.
Rossiya va Chexiya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 1:2 hisobida rossiyaliklarning mag‘lubiyati bilan yakunlangandi. Evropa chempionatiga tayyorgarchilik doirasida Serbiyaga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuv 5 iyunda Monakoda bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing