Futbol bo‘yicha Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi (CAFA) turniri 9—21 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqaga Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi homiylik qiladi. Bu haqida Metaratings xabar bermoqda.
CAFA—2023 musobaqasida a’zo davlatlarning barchasi: O‘zbekiston, Tojikiston, Eron, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Afg‘oniston ishtirok etadi. Shuningdek, Rossiya terma jamoasi mehmon sifatida taklif etilgan. So‘nggi, sakkizinchi terma jamoa nomi esa tez orada ma’lum qilinadi.
Turnirda 8 ta jamoa ikki guruhga bo‘linib, ishtirok etadi. Guruhlarda birinchi o‘rinni egallagan jamoalar finalda to‘qnash keladi. Guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan terma jamoalar esa uchinchi o‘rin uchun bahs olib boradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar