Otabek Boymurodov: "Hissiyotlar fantastik darajada. Muxlislarga rahmat aytaman"

Otabek Boymurodov: "Hissiyotlar fantastik darajada. Muxlislarga rahmat aytaman"

U-20 Osiyo Kubogi yarim finalidan oʻrin olgan Oʻzbekiston – Koreya Respublikasi (0:0, penaltilar boʻyicha – 3:1) uchrashuvidan keyin bugun qahramonlik koʻrsatgan darvozabon Otabek Boymurodov oʻz fikrlarini bildirdi.

- Otabek, tabriklaymiz. Bugungi oʻyin haqidagi fikrlaringiz?

- Hissiyotlar fantastik darajada. Biz juda xursandmiz. Bu joyga qadar uzoq yoʻl bosdik. Hammani tabriklab qolaman. Ayniqsa, muxlislarga rahmat aytaman. Har oʻyinda toʻlib toshgan stadionda futbol oʻynamoqdamiz. Katta rahmat.

- Uchta penaltini qaytarishga erishdingiz. Raqibni penalti tepishini oʻrganib chiqqanmidingiz?

- Yoʻq, bu shunchaki improvizatsiya. Oʻtgan safargidek "baklajka"ga yozib ham olinmagandi.

- Penalti tepilishi jarayonida oyogʻingiz chiqib turgandek taassurot qoldirdi...

- Yoʻq, shunchaki bitta oyoq oldinda boʻladi, ikkinchi esa chiziqda.

- Beshta oʻyinda bitta gol oʻtkazdingiz, ammo bu kontsentratsiyani yoʻqotib qoʻyishga sabab boʻlmaydimi?

- Birinchi navbatda, himoyachilarimga rahmat (kuladi). Koʻp narsa shunga bogʻliq. Himoyachilar juda ajoyib harakat qilishdi.

- Kiyinish xonasida yigitlar sizga nimalar deyishdi?

- Hech nima. Biz shunchaki gʻalabani baqirib nishonladik.

- Iroq haqida qisqacha fikringiz?

- Juda qiyin va kuchli raqib.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar