21:34 / 18.03.2023
1 494

“Spetsiya”: Xayr, Shomurodov!

“Spetsiya”: Xayr, Shomurodov!

Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan “Spetsiya” klubi A Seriyaning 27-tur uchrashuvini birinchi yakunlab, FIFA kunlari munosabati bilan berilgan tanaffusga birinchilardan bo‘lib chiqib ketdi.

“Spetsiya”ning kamida 12 nafar futbolchisi turli mamlakatlar milliy terma jamoalari a’zosi hisoblanadi. Yana bir nechta iste’dodli o‘yinchi o‘z yurtining yoshlar terma jamoasiga chorlov oldi.

Liguriya jamoasi rasmiy saytida Eldor Shomurodov bir necha futbolchilar qatorida o‘z mamlakati milliy terma jamoasiga chaqirtirilgani rasman tasdiqlandi. Eldor jamoasi bilan xayrlashib, O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar ixtiyoriga otlanadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Saudiya Arabistonida o‘tkazadi. Bosh murabbiy Srechko Katanes bu yig‘inga 24 nafar charm to‘p ustasini taklif qilgan. Tabbiyki, ular orasida jamoa sardori Eldor Shomurodov ham bor.

Yig‘in davomida hamyurtlarimiz ikkita o‘rtoqlik uchrashuvni ham o‘tkazishi belgilangan. Dastlab, Kanates shogirdlari 24 mart kuni Boliviya va to‘rt kundan keyin Venesuela terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.

“Spetsiya” matbuot xizmati asosiy tarkib o‘yinchilaridan Eldor Shomurodovdan tashqari, Mbala Nzola Angola, Itan Ampadu Uels, Albin Ekdal va Emil Xolm Shvetsiya, Raymonds Krollis Latviya hamda darvozabon Bartlomey Dragovski Polsha terma jamoasiga chaqirtirilganini ma’lum qildi.

Shuningdek, klub saytiga ko‘ra, Daniya yoshlar terma jamoasi Julius Bekni, Sloveniya yoshlar terma jamoasi Tio Sipotga taklif yuborgan.

Yana bir iste’dodli o‘yinchi Salvatore Espozito Italiyaning 21 yoshgacha futbolchilardan iborat terma jamoasiga chaqirtirildi.

“Spetsiya” bosh murabbiyi Leonardo Semplichi bu holatga quyidagicha izoh berdi.

- Har bir murabbiy chempionatga to‘liq tarkib bilan tayyorlanishni istaydi. Lekin bizda xorijlik futbolchilar ko‘p. Ular o‘z mamlakati terma jamoasiga jalb qilingani sababli ular uchun xursandmiz.

Biz vaqtdan foydalanib, jarohat tufayli futboldan chetda qolgan o‘yinchilarimizni tezroq safga qaytarishga harakat qilamiz. Mavsumni muvaffaqiyatli yakunlashimiz kerak, - dedi Leonardo Semplichi.

“Spetsiya” futbolchilari orasida o‘z mamlakati terma jamoasi uchun eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan shvetsiyalik Albin Ekdal hisoblanadi. U xalqaro maydonda 66 marotaba o‘z yurti sharafini himoya qilgan.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Eldor Shomurodov ikkinchi o‘rinni egalladi. 27 yoshli to‘purarimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun 59 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 32 marotaba ishg‘ol qilgan.

Bundan tashqari, Shomurodov “Spetsiya” vakillari orasida o‘z mamlakati terma jamoasi safida eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi hisoblanadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Spetsiya”: Xayr, Shomurodov!