Iroq bosh murabbiyi: "Ertadan va balki bugun tundan boshlab biz mundial haqida bosh qotiramiz"
20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Iroq uchrashuvida 1:0 hisobi qayd etildi va hamyurtlarimiz musobaqa chempionligini qo‘lga kiritdi. Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida Iroq bosh murabbiyi Emad Muhammad ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Bugun omadimiz kelmadi. Raqib ajoyib o‘yin namoyish etdi va g‘alaba qozondi. Ularni chempionlik bilan tabriklayman!
Bu jamoadan qanchasi milliy terma jamoaga chaqirilishini aniq bilmayman. Ammo ularning ko‘pchiligi Iroqning yulduzi bo‘lishga qodir. Men bunga ishonaman.
Ertadan va balki bugun tundan boshlab biz mundial haqida bosh qotirarmiz. Chempionatdagi xatolarimizdan xulosa chiqargan holda Indoneziyaga yo‘l olamiz. Shu fursatdan foydalanib, Iroq futbol federatsiyasiga o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman! Ular bizga yetarlicha sharoit yaratib berishyapti.
Jahon chempionatida turli jamoalar ishtirok etadi. U yerda bo‘lish biz uchun muvaffaqiyat, albatta. Jamoamiz yaxshi natija qayd etdi, deb hisoblayman", - dedi mutaxassis.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring