
Angliya Kubogida “Byornli” ustidan qo‘lga kiritilgan 6:0 hisobidagi g‘alabadan keyin “Man Siti” ustozi Pep Gvardiolaga uchrashuvda xet-trikka erishgan Erling Xoland bilan bog‘liq savol berildi.
Norvegiyalik Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan “RB Leypsig”ga qarshi (7:0) javob bahsida 57 daqiqa ichida penta-trik qayd etgan va Gvardiola uni 63-daqiqada zaxiraga olishga qaror qilgandi.
“Ha, o‘tgan o‘yinda Xolandni Messining rekordini yangilab qo‘ymasligi uchun almashtirgandim”, deya izohlagan ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Xoland YECHLdagi bir o‘yin davomida beshta gol urgan Lionel Messi (“Barselona” – “Bayer” 7:1) hamda Luis Adrianodan (“Shaxtyor” – BATE 7:0) keyingi ilk futbolchi bo‘ldi.
Pep GvardiolaErling XolandAngliya KubogiChempionlar LigasiXoland RekordiPenta-Trik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar