Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi JCH—2023. Uch nafar o‘zbekistonlik bokschi chorak finalga chiqdi

Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi JCH—2023. Uch nafar o‘zbekistonlik bokschi chorak finalga chiqdi
Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi JCH—2023. Uch nafar o‘zbekistonlik bokschi chorak finalga chiqdi
Foto: Boks federatsiyasi

Hindiston mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 21-mart, seshanba kungi bahslarida uch nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi.

-48 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Farzona Fozilova nimchorak finalda serbiyalik Snejana Siljkovichga qarshi to‘qnash keldi va raqibiga imkon qoldirmadi (5:0).

-63 kg vazn toifasi vakili Xadichabonu Abdullayeva ham Serbiya sportchisi Yelena Yanichiyevichdan 5:0 hisobida ustun keldi.

Navbahor Hamidova (-66 kg) esa mezbonlar vakili Manju Bamboriya ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi (5:0).

Shu tariqa uch nafar o‘zbekistonlik bokschi musobaqaning chorak finaliga yo‘llanma oldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar