
Qozog‘iston Pro-ligasida chempionlik uchun kurashayotgan Toshkentning “Humo” xokkey klubi kecha o‘z maydonida “Beybaris”ga qarshi yarim finalning 5-o‘yinini o‘tkazdi.
Qiziqarli kechgan uchrashuv 2:1 hisobida “qanotlilar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa umumiy 4:1 hisobida zafar quchgan “Humo” final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Endi “qanotlilar” finalda “Nomad” jamoasiga qarshi bahs olib borishadi. Finalning ilk uchrashuvlari 2-3 aprel kunlari Toshkentda bo‘ladi.
Humo Xokkey KlubiQozog‘iston Pro-ligasiChempionlik UchunFinalga ChiqdiToshkent ShahriBeybarisga Qarshi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar