12:27 / 27.03.2023
632

O‘zbekistonlik bokschi qizni yutgan raqibi erkak kishi bo‘lib chiqdi

O‘zbekistonlik bokschi qizni yutgan raqibi erkak kishi bo‘lib chiqdi
Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik bokschi Navbahor Hamidovani yutgan «bokschi ayol» aslida erkak kishi bo‘lib chiqdi.
 
Jazoirlik sportchi Imane Xelifning boks chempionati paytida o‘tkazilgan genetik tekshiruvda erkak kishi ekanligi aniqlangan. U bungacha o‘zbekistonlik sportchini ochkolar bo‘yicha yutgan edi.
 
Natijada Xelif diskvalifikatsiya qilingan va Navbahor Hamidovaga haqli ravishda bronza medali taqdim etilgan.
 
«Bu yaxshi xabar, adolat qaror topgan. Lekin qiziq tomoni, shu Xelif o‘tgan yilgi JCHda kumush olgan. Xatto olimpiadada ham qatnashgan», – deb yozadi sport sharhlovchisi Davron Fayziyev.
 
Sharhlovchi shuningdek, mutasaddilarda nega shu paytgacha genetik tekshiruv o‘tkazish fikri paydo bo‘lmaganini aytib taajjubini bildiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik bokschi qizni yutgan raqibi erkak kishi bo‘lib chiqdi