13:20 / 30.03.2023
269

U-17 Osiyo Kubogi—2023 ga qur’a tashlandi

U-17 Osiyo Kubogi—2023 ga qur’a tashlandi

Futbol bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi—2023 musobaqasiga qur’a tashlash marosimi 30-mart, payshanba kuni o‘tkazildi.

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi D guruhidan joy oldi. Unda o‘zbekistonlik o‘smirlar Yaponiya, Hindiston va Vyetnam jamoalariga qarshi o‘ynaydi.

A guruhi

  • Tailand
  • Yaman
  • Malayziya
  • Laos

B guruhi

  • Janubiy Koreya
  • Eron
  • Afg‘oniston
  • Qatar

C guruhi

  • Tojikiston
  • Avstraliya
  • Saudiya Arabiston
  • Xitoy

D guruhi

  • Yaponiya
  • Hindiston
  • Vyetnam
  • O‘zbekiston

Tailand mezbonlik qiladigan U-17 Osiyo Kubogi 2023-yilning 15-iyunidan 2-iyuliga qadar bo‘lib o‘tadi.

Qayd etish kerak, 16 terma jamoa ishtirok etadigan mazkur musobaqada dastlabki to‘rtta o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. U-17 Jahon chempionati esa joriy yil Peruda (10-noyabr—2-dekabr) bo‘lib o‘tadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-17 Osiyo Kubogi—2023 ga qur’a tashlandi