A Seriyaning 28-turida “Spetsiya” o‘z maydonida “Salernitana” futbolchilarini qabul qiladi. 2 aprel kuni bo‘ladigan o‘yin oldidan liguriyaliklar bo‘lajak raqibdan uch ochkoga ortda qolmoqda. Yuqori diviziondagi joyini saqlash uchun kurashayotgan mezbonlar g‘alaba qozongan taqdirda ochkolar hisobida “Salernitana”ga yetib oladi va o‘zini biroz xavfsiz sezishi mumkin.
“Spetsiya”ni qabul qilib olganidan keyin jamoada ijobiy o‘zgarishlar qila olgan italiyalik murabbiy Leonardo Semplichi o‘yin oldidan jamoasining imkoniyatlari va bir qator futbolchilar haqida fikr bildirdi.
Jamoa haqida
Yaxshi yangiliklar bir talay. Ko‘p o‘yinchilarimiz mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi. Bu milliy terma jamoalar chaqiruvi bilan bog‘liq bo‘lgani uchun bizni xursand qiladi. Bu holat mening faoliyatimga ham, klubga ham ijobiy ta’sir qiladi.
Biz futbolchilarimizning xalqaro maydondagi ishtirokidan mamnunmiz. Bu yerda qolganlar bilan yaxshiga shug‘ullandik. “Monako”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvda o‘yinchilarga o‘z g‘oyalarimni singdirishga harakat qildim. Kam o‘ynayotganlarni sinovdan o‘tkazib olish imkoniyatiga ega bo‘ldik.
Shomurodov haqida
Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida juda yaxshi ishtirok etdi, gol urganidan juda xursand bo‘ldim. Eldor o‘yinni kuchaytira oladigan futbolchi, biz unga eng yaxshi sharoitlarni yaratib berishimiz kerak.
Shomurodov terma jamoadan yetib kelganidan keyin mashg‘ulotda juda yaxshi ishladi. Oldinda uning tayyorgarligi va holatini yaxshilash uchun yana mashg‘ulot bor. Biz bo‘lajak o‘yinga eng yaxshi holatdagi 11 nafar futbolchini qo‘yishimiz kerak.
Bosim haqida
Klubga kelganimdan beri muxlislar bilan masofani yanada yaqinlashtirishga, birdamlikni yo‘lga qo‘yishga katta e’tibor qaratyapman. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi va hissasi biz uchun juda muhim ahamiyatga ega.
“Verona” bilan bahsda biroz bosimni his qildik. Lekin buning ham ijobiy tomonlari bor. Bundan keyin o‘yinlarda ham jamoa raqibni qiyin ahvolga solib qo‘yish uchun qo‘lidan kelganini ko‘rsatishi talab etiladi.
Krollis haqida
Raymonds Krollis kelajak uchun yaxshi sarmoya. Mena u haqida aytib berishdi. Yanvarda tayyorgarliksiz kelgan va darrov o‘yinga tushirilgan. U tayyor bo‘lmagan. U atrof-muhit, jamoadagilar bilan tanishyapti, til o‘rganyapti, jismoniy ko‘rsatkichlarini oshirishga urinyapti. Bizga yordam beradigan darajada salohiyati bor.
Raqib haqida
“Salernitana” o‘zini ko‘rsatib kelayotgan jamoa. Bosh murabbiy o‘zgarishi bilan strategiya va mentalitet ham yangilandi. Ularning salohiyati kuchli, lekin mening shogirdlarimda ham g‘oliblik mentaliteti shakllanib bormoqda. “Salernitana” bilan raqobatga tayyormiz. Har qanday kutilmagan holatlarga tayyor turishimiz kerak. Chempionat yakuni biz uchun muvaffaqiyatli bo‘lishiga aminman. Shuning barobarida ko‘rsatadigan natijalarimiz ham shunga yarasha bo‘lishi lozim.
Ta’kidlash joizki, “Salernitana”ga qarshi o‘yin oldidan “Spetsiya” tarkibida jiddiy yo‘qotish bor. Jamoaning asosiy to‘purari Mbala Nzola ogohlantirishlar soni ko‘payib ketgani bois, bitta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilingan. Bundan tashqari, 26 yoshli futbolchi Angola terma jamoasi ixtiyoridan charchagan holda qaytib keldi.
Oldingi chiziq vakillaridan Daniele Maldini esa mushaklarida og‘riq sezmoqda va keyingi mashg‘ulotlarda qatnashmadi. Yosh hujumchi uchrashuvga jalb qilinmaslik ehtimoli katta.
Hozir Leonardo Semplichi ixtiyorida faqat birgina markaziy hujumchi – Eldor Shomurodov bor. Yana bir markaziy hujumchi Raymonds Krollis esa hali muhim uchrashuvda boshlang‘ich tarkibda o‘ynaydigan darajada yetgani yo‘q.
“Alberto Pikko” arenasi mezbonlik qiladigan “Spetsiya” – “Salernitana” bahsi 2 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi