Bu o‘yinda chempionlik uchun parda ortida tayyorgarlik ko‘rayotgan bir emas, ikki jamoa bor ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. OKMK va “Neftchi” 2023-yil yakunlarida ko‘pchilikni e’tiborini o‘ziga qaratishga tayyorlanayotganini sezdirib qo‘ydi. Bahs, nafaqat dinamikasi, balki murabbiylar, ijrochilar, o‘yin falsafalari to‘qnashuvini bizga namoyish etib berdi.
Bu OKMK Qosimovning bor potensialini ochib berishga qodir ekanligini ko‘rsatgan bo‘lsa, “Neftchi” yengilayotgan paytida asosiy “Game Plan”dan chekinib, oldinga tashlanishga qodirligini ko‘rsatdi.
Raqibni ikki bor ham qopqonga tushirib, undan chiqib ketishiga qarshilik qila olmagan OKMK so‘nggi daqiqalarda o‘z prinsiplaridan voz kechib tayyor durangni g‘alabaga almashtirish uchun tavakkal qildi. Men, kuchlar teng kelsa, o‘rtamiyonaligini «bo‘yniga olgan» jamoalar 1 ochkoni o‘rtaga tikib 3 ochko qilishga harakat qilganini ko‘rmaganman. Bugun OKMK ham, “Neftchi” ham bir ochkosiz qolib ketishdan qo‘rqqani yo‘q. Aynan shu faktor, bu chempionatni avvalgidek bo‘lmasligiga ishora qilmoqda. Aslida, voqealar rivoji bahs davomida keskin o‘zgarib bordi.
Mehmonlar, keyin mezbonlar, mehmonlar mezbonlar… Ustunlik navbati bilan sariq va to‘q ko‘k libosdagi yigitlar tomoniga o‘tib turdi. Yakunda, futbol bu bahsda mag‘lub bo‘lmasligi kerak deb hisobladi. Adolatli natija. Men esa, Superligada chempionlik intirgasiga “suqulib” kirishga qodir yana ikki jamoa “yetilayotgani”ni his qildim. Asosiysi, futblga aloqador bo‘lmagan tashqi omillar bu tabiiy progressga ta’sir ko‘rsatmasin. Moddiy tomondan ham, muammolar yuzaga kelmasin. Ana shunda, bu jamoalar chempionatdagi eng muhim sanalgan omil – intriganing o‘chog‘iga aylanadi.
Statistikaga e’tibor qarating:
Nafaqat hisob, balki o‘yin teng bo‘lganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Bugun, temp, bahs sifati va match harorati borasida olib qarasak, chempionatning (hozircha) eng zo‘r 90 daqiqaligiga guvoh bo‘ldik. Buning uchun jamoalarga respekt. Aynan shunday o‘yinlar futbolchilarni o‘z bo‘yidan balandroq sakrashga majbur qiladi.
Bunday tempda agar OKMK va “Neftchi” to‘liq mavsumni o‘tkaza olsa, ularda kamida sovrindorlar qatorida bo‘lish uchun “shans” bor. Demak, yuqorida bo‘lishni istagan “Paxtakor”, “Navbahor” va “Nasaf” uchun yana kamida 4 ta og‘ir bahs (“Paxtakor” bu og‘ir o‘yinlardan birida mag‘lub bo‘lishga ham ulgurdi) paydo bo‘ldi. Bu chempionat avvalgidek emas. Undan ham ko‘proq yorqin emotsiyalar taqdim etishga qodirdek tuyulmoqda. Har holda, bugungi o‘yinning sifati shundan dalolat. Bo‘ldi, pardani ochavering. “Neftchi” va OKMKning sahnaga chiqadigan payti kelyapti.
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi