18:20 / 01.04.2023
264

Osiyo kubogi guruh bosqichida O‘zbekiston terma jamoasining ehtimoliy raqiblari kim?

Osiyo kubogi guruh bosqichida O‘zbekiston terma jamoasining ehtimoliy raqiblari kim?
Shu yilning 11 may kuni milliy terma jamoalar o‘rtasidagi Osiyo kubogi final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Qur’adan avval jamoalarni savatchalarga ajratishda FIFAning 6 aprel kuni e’lon qilinadigan reytingi asos qilib olinadi.
 
Reyting rasman hali e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev Osiyo kubogida ishtirok etadigan terma jamoalarning reytingi va savatchalar tarkibini o‘z telegram kanalida e’lon qildi.
 
Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi Osiyoning 10-jamoasi sifatida 2-savatchadan o‘rin oldi (bir savatchadan 6 tadan jamoa bo‘ladi). Bu savatda Iroq, BAA, Ummon, Xitoy va Iordaniya ham o‘rin olgan. Biz bu jamoalar bilan bir guruhdan o‘rin olmaymiz.
 
1-savatdan esa JCH-2022da ishtirok etgan 5ta terma jamoa va mezbon Qatar joy olgan. Umumiy ko‘rinish taxminan shunday bo‘lishi kutilmoqda:
 
1-SAVATCHA
Qatar — 1389 (mezbon)
Yaponiya — 1588
Eron — 1553
Janubiy Koreya — 1535
Avstraliya — 1528
Saudiya Arabistoni — 1427
 
2-SAVATCHA
Iroq — 1353
BAA — 1338
Ummon — 1334
O‘zbekiston — 1314
Xitoy — 1304
Iordaniya — 1293
 
3-SAVATCHA
Bahrayn — 1287
Suriya — 1243
Falastin — 1234
Vetnam — 1230
Qirg‘iziston — 1228
Livan — 1203
 
4-SAVATCHA
Hindiston — 1201
Tojikiston — 1181
Tailand — 1175
Malayziya — 1082
Gonkong — 1057
Indoneziya — 1041
 
FIFAning navbatdagi reyting jadvali 6 aprel kuni e’lon qilinadi. Ammo mart oyidagi o‘rtoqlik va rasmiy uchrashuvlar o‘tkazib bo‘lingani uchun hozirdanoq yangi reyting borasida xulosa qilish mumkin.
 
O‘zbekiston terma jamoasi KONMЕBOLning ikki jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib, Boliviyani mag‘lub etgan bo‘lsa, Venesuela bilan durang o‘ynadi. Natijada hisobimizga 5,72 ball qo‘shildi va ochkolarimiz 1318,36 ga yetdi.
 
Buning oqibatida terma jamoamiz 3 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, 77-o‘rindan 74-pog‘onaga chiqib oldi. Ushbu sakrash tufayli Salvador, Bolgariya va Isroilni quvib o‘tdik.
 
Qit’a miqyosida esa Yaponiya (20-o‘rin), Eron (24), Janubiy Koreya (27), Avstraliya (34), Saudiya Arabistoni (54), Qatar (61), Iroq (67), BAA (72) va Ummon (73)dan so‘ng 10-qatorda bo‘lamiz Shuning uchun Osiyo kubogi-2023 uchun tashlanadigan qur’ada 2-savatchada bo‘lamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo kubogi guruh bosqichida O‘zbekiston terma jamoasining ehtimoliy raqiblari kim?