date
views 154

Rasman: “Chelsi” Grem Potterni iste’foga chiqardi

Rasman: “Chelsi” Grem Potterni iste’foga chiqardi
“Chelsi” bosh murabbiyi Grem Potter londonliklar jamoasini tark etdi. London klubi bayonotida qayd etilishicha, 47 yoshli mutaxassis shartnoma bekor qilish borasidagi taklifga rozilik bergan. Jamoani keyingi o‘yinlarga Bruno Saltor tayyorlaydi.
 
Potter 2022 yilning sentyabrida Tomas Tuxeldan keyin “Chelsi” boshqaruviga kelgandi. Mutaxassis “Brayton”ni tark etgan va London jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolagandi. Uning qo‘l ostida “ko‘klar” 31 ta o‘yin o‘tkazib, 12 g‘alaba, 11 mag‘lubiyat va 8 durang qayd etdi.
 
“Chelsi” yozda amerikaliklar boshqaruviga o‘tgach, yozgi va qishki transfer oynasida xaridlarga katta miqdorda pul sarflandi. Xususan, qishki transfer oynasida Mixaylo Mudrik va Enso Fernandes transferi uchun qariyb 200 million yevro sarf etildi. Biroq jamoaning natijalari yaxshilanmadi.
 
“Chelsi” APL joriy mavsumdagi 28 o‘yinda 10 g‘alaba, 10 mag‘lubiyat va 8 ta durang qayd etgan holda, 38 ochko bilan 11-pog‘onada bormoqda. “Chelsi” Chempionlar Ligasi chorak finaliga chiqqan va ushbu bosqichda “Real” bilan o‘ynaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman: “Chelsi” Grem Potterni iste’foga chiqardi
-->