“Spetsiya” fanatlari Shomurodov goliga qanday munosabat bildirdi?

1 daqiqa o'qish658
“Spetsiya” fanatlari Shomurodov goliga qanday munosabat bildirdi?
“Spetsiya” fanatlari Shomurodov goliga qanday munosabat bildirdi?
Eldor Shomurodov joriy mavsumdagi birinchi golini “Spetsiya” – “Salernitana” uchrashuvida meksikalik darvozabon Gilyermo Ochoa darvozasiga kiritdi.
 
Legionerimizga yangi jamoasi - “Spetsiya”dagi gollari hisobini ochish uchun 420-daqiqa kerak bo‘ldi. Bu avvalgi jamoalaridagiga qaraganda biroz ko‘p.
“Spetsiya” fanatlari Shomurodov goliga qanday munosabat bildirdi?
Eldor Shomurodov 2020 yilning oktyabr oyida Rossiya Premyer-ligasi vakili “Rostov”dan Italiyaning eng qadimgi jamoasi – “Jenoa”ga ko‘chib o‘tganidan keyin kuchli beshlik chempionatlaridagi ilk to‘pini kiritish uchun 250 daqiqa sarflagan edi.
 
O‘zbek hujumchisi “Jenoa”dagi birinchi golini “Parma” darvozasiga kiritgan edi.
 
Bir mavsumda sakkizta gol urganidani keyin “Roma”dan taklif olgan hujumchimiz poytaxt klubida o‘zini ko‘rsatishi uchun juda qisqa muddat kerak bo‘ldi. Rimliklar safida Konferensiyalar ligasi saralash turnirining dastlabki uchrashuvida Eldor Turkiyada “Trabzonspor” posbonini ojiz qoldirgan va buning uchun hamyurtimizga 82 daqiqa kifoya qilgan xolos.
 
Muxlislar iltimosini inobatga olib, “Spetsiya” ishqibozlarining Eldor Shomurodovning goliga bildirgan munosabatlarini keltirishga qaror qildik.
 
Marco Mazzi: Eldor endi navbatdagi golga tayyorgarlik ko‘r!
 
Elia Luti: “Salernitana”ga qarshi uchrashuvda Eldorning goli bizga qimmatli ochko keltirdi. Endi Florensiyaga boramiz. Revansh olish kerak. Qani, olg‘a!
 
Massimiliano Logli: “Spetsiya”ga loyiq o‘yin!
 
Peri Andrea: Olg‘a, Eldor!
 
Daniele Guidelli: Endi shanba kuni “Fiorentina”ga ham gol urishing kerak, Eldor!
 
Aleks Aleksandrov: Eldor, zo‘r ish qilding!
 
Marco Vimercati: Bu gol Eldorning yo‘llarini ochib yuboradi. Endi uni to‘xtatish qiyin bo‘ladi!
 
Marco Morini: O‘zbeklar o‘z so‘zini aytdi.
 
Marco Morini: O‘zbekistondan kim bor?
 
Emilio Castellanotto: Eldor quyosh botgach, baquvvat ovqat yeyishga loyiq o‘yin ko‘rsatdi.
 
Marina Borgato: Shunchaki ajoyib!
 
Aleksandr Ovchinnikov: Eldor o‘zi tanimagan himoyachidan to‘pni zo‘r qabul qilib oldi
 
Luciano Sannino: Nihoyat, Shomurodov gol urdi!
 
“Spetsiya” futbolchilari navbatdagi uchrashuvni 8 aprel kuni o‘tkazadi. Shu kuni Eldor Shomurodov jamoasi Florensiyada “Fiorentina” mehmoni bo‘ladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 17:30 da boshlanadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?