
O‘zPFL har oy Coca-Cola Superliganing eng yaxshi murabbiy va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golni aniqlab keladi.
Unga ko‘ra,"Neftchi" jamoasi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko mart oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. O‘tgan oy Coca-Cola Superligada 3 o‘yinda maydonga tushib, 2 gol kiritgan Husniddin Aliqulov (“Nasaf”) esa eng yaxshi futbolchi bo‘ldi.
Shuningdek, “Andijon” futbolchisi Sardor Abdunabiyevning “Nasaf” jamoasi darvozasiga kiritgan to‘pi mart oyining eng chiroyli goli deya e’tirof etildi.
Qayd etish joiz, bu yildan e’tiboran Liga ovoz berish jarayoniga o‘zgarish kiritgan edi. Quyida mazkur so‘rovnoma natijalari bilan tanishasiz.
O‘zPFLCoca-Cola SuperligaEng Yaxshi MurabbiyEng Yaxshi FutbolchiEng Chiroyli GolVitaliy Levchenko O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar