Coca-Cola Superliga 5-turidan o‘rin olgan «Turon» – «Olimpik» (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Timpur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Turon» turnir jadvalidagi vaziyatdan kelib chiqib, bugun bor kuchi bilan harakat qilishini bilar edik, amalda ham shunday bo‘lib chiqdi. Kichik hisobda g‘alaba qozongan bo‘lsak-da, muhim g‘alabaga erishdik, deb ayta olaman.
Ikkinchi golni kiritganimizda, o‘yin so‘ngida bu darajada qiynalmas edik. 1:0 qaltis hisob sanaladi. Mezbonlar bugun standart vaziyatlarda kuchli bosim uyushtirishdi va qaysidir vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirishi ham mumkin edi. Hujumchilarga e’tirozlar bor, albatta. Lekin biz ham uch turdan buyon g‘alaba qozona olmayotgan edik va bosim bizda ham mavjud edi. Vaziyatlar yaratishda oqsayotganimiz hujumchilarga ham ta’sir ko‘rsatayotgandi. Umid qilamanki, bugungi g‘alaba ularga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘tgan uch turda ochko yo‘qotgan bo‘lsak-da, o‘yin jihatdan hech birida mag‘lub bo‘lmadik. Faqatgina kichik epizodlar barchasini hal qilib ketdi. Asosiy vazifamiz jamoaviy o‘yinni shakllantirib, taktikalarni sinovdan o‘tkazib olishdan iborat. Qolaversa, raqiblar ham bizga qarshi uchrashuvlarga alohida tayyorgarlik ko‘rmoqda. «Andijon» o‘tgan tur qattiq himoyalandi. Bu bizga qiyinchilik tug‘dirayotgani rost, ammo boshqa jihatdan foydali ham bo‘lmoqda. Ertaga aynan shunday jamoa bilan to‘qnash kelsak, nisbatan yaxshiroq harakat qilamiz. Biz o‘yindan-o‘yinga qo‘shib boramiz va mag‘lubiyatlar bo‘lib turgan bo‘lsa-da, bundan sira havotirda emasman. Mavsum so‘nggida kerakli o‘rinda bo‘lishimizga aminman.
«Turon»ning har bir chizig‘ida yaxshi futbolchilar ko‘p. Jamoa ichidagi ruhiy holatdan xabarim yo‘q, ammo bu vaziyatdan chiqib keta olishsa, mavsumni 6-8-o‘rinda yakunlay olishiga potensiali yetadi. Albatta, barchasini vaqt ko‘rsatadi”, – dedi Kapadze.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi