date
views 115

Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Metallurg” bilan durang o‘ynadi

Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Metallurg” bilan durang o‘ynadi
Foto: “Metallurg”
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 5-turida “So‘g‘diyona” va “Metallurg” 8 aprel, shanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.
 
Uchrashuvning 42-daqiqasida Xislat Xalilov jizzaxliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda esa Ibrohim Ibragimov muvozanatni tikladi. 77-daqiqada Zabihillo O‘rinboyev mehmonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Serder Serderov hisobni tenglashtirdi. Qolgan daqiqalarda esa darvozalar ishg‘ol etilmadi.
 
Ushbu durangdan so‘ng “Metallurg” ochkolari sonini 4 taga yetkazib, 11-pog‘onani band etdi. “So‘g‘diyona” esa 2 ochko bilan musobaqa jadvalining so‘nggi o‘rnida bormoqda.
 
“So‘g‘diyona” – “Metallurg” 2:2
Gollar: 1:0 — 42 Xislat Xalilov, 1:1 — 57 Ibrohim Ibragimov, 1:2 — 77 Zabihillo O‘rinboyev, 2:2 — 79 Serder Serderov.
“So‘g‘diyona”: 27. Milan Mitrovich, 4. Elyor Orifov, 5. Ayubxon No‘monov, 6. Alisher Salimov (26. Ulug‘bek Abdullayev, 86), 10. Javohir Qahramonov, 11. Jasur Hasanov, 12. Xislat Xalilov (7. Serder Serderov, 71), 14. Boburbek Yo‘ldoshev, 22. Sanjar Shoahmedov, 28. Stanislav Andreyev, 93. Marko Kolakovich.
“Metallurg”: 87. Akmal Ortiqov, 4. Kerim Palich, 6. Xudoyshukur Sattorov, 9. Zabihillo O‘rinboyev, 10. Bektemir Abdumannonov, 14. Abrorbek Toshqo‘ziyev, 17. Vladislav Kasminin, 22. Shahzodbek G‘ofurbekov, 25. Shahzod Ne’matjonov, 30. Ibrohim Ibragimov (7. Husniddin G‘ofurov, 84), 33. Ivan Yosovich.
Ogohlantirishlar: Ibragimov (34), Salimov (61), Serderov (73).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Metallurg” bilan durang o‘ynadi