A Seriya. "Spetsiya" "Fiorentina" bilan durang o‘ynadi, Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi

A Seriya. "Spetsiya" "Fiorentina" bilan durang o‘ynadi, Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi
A Seriya. "Spetsiya" "Fiorentina" bilan durang o‘ynadi, Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi
A Seriya 29-turidan o‘rin olgan "Fiorentina" - "Spetsiya" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
 
25-daqiqada Vishnevskiy o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan bo‘lsa, 7 daqiqa o‘tib Nzola muvozanatni tikladi.
 
Legionerimiz Eldor Shomurodov 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
 
Fiorentina – Spetsiya 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 25, avtogol Visnevski, 1:1 – 32 Nzola.
Fiorentina – Terrachchano, Dodo, Martines, Igor Julio, Biragi, Bonaventura, Mandragora (Dankan, 80), Ikone (Gonsales, 60), Kastrovilli (Barak, 71), Sottil (Brekalo, 60), Artur (Yovich, 80).
Spetsiya – Drongovski, Amyan, Ampadu, Visnevski, Nikolau, Ekdal (Espozito, 76), Burabiya (Bastoni, 65), Jurkovski, Djasi (Shomurodov, 77), Maldini (Sipot, 65), Nzola (Verde, 89).
Ogohlantirishlar: Maldini (35), Nzola (45), Djasi (45), Italyano (61), Ampadu (63), Bastoni (68), Ekdal (72), Visnevski (77).
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar