date
views 244

Superliga. "Neftchi" "Andijon"ni mag‘lub etib. 1-o‘ringa qaytdi

Superliga. "Neftchi" "Andijon"ni mag‘lub etib. 1-o‘ringa qaytdi
O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Neftchi" bahsi yakunlandi. Unda nominal mehmonlar 0:2 hisobida zafar quchdi.
 
Farg‘ona klubi safida gollarga Turopov va To‘xtasinov mualliflik qildi. Shuningdek, 64-daqiqada ikkinchi gol muallifi Nurillo To‘xtasinov qizil kartochka olib, maydonni erta tark etdi.
 
Shu tariqa, "Neftchi" ochkolari sonini 13 taga yetkazib, jadvalda yana 1-o‘ringa chiqib oldi. "Andijon" hisobida 6 ochko mavjud bo‘lib, klub 9-pog‘onani band etib turibdi.
 
"Andijon" – "Neftchi" 0:2
Gollar: 0:1 — 9, Diyorjon Turopov (Mirzohid G‘ofurov), 0:2 — 20, Nurillo To‘xtasinov (Toma Tabatadze).
"Andijon": 72.Igor Litovka, 5.Abduvohid G‘ulomov, 7.Bobur Farhodov (22.Shahboz Erkinov, 63), 8.Farhod Bekmurotov (9.Levan Arveladze, 71), 10.Ilhom Abdug‘aniyev (23.Sherzod Esanov, 79), 13.Sardorbek Azimov, 15.Vladimir Bubanya, 17.Farhod Sohibjonov, 21.Ildar Mamatkazin (s), 26.Muhammadkarim Toirov, 91.Axtam Nazarov (14.Abdurahmon Komilov, 71).
Zahira: 12.Mohir Komilov, 4.Dilshod Komilov, 11.Sardor Abdunabiyev, 19.Suhrob Berdiyev, 99.Rubin Xebay.
"Neftchi": 45.Akbar To‘rayev, 2.Zoir Jo‘raboyev (4.Andrey Mishchenko, 50), 8.Nurillo To‘xtasinov, 9.Ulug‘bek Hoshimov (28.Fozil Musayev, 66), 19.Mirzohid G‘ofurov, 21.Muhsinjon Ubaydullayev, 22.Toma Tabatadze, 23.Diyorjon Turopov, 24.G‘ulom Haydar G‘ulomov, 26.Oleksey Larin, 70.Abbosjon G‘ulomov.
Zahira: 12.Vladimir Nazarov, 5.Yuriy Batyushin, 7.Umar Adhamzoda, 11.Izzatilla Abdullayev, 17.Abdulloh Olimov, 20.Anvarjon G‘ofurov, 35.Murodbek Bobojonov.
Ogohlantirishlar: Muhsinjon Ubaydullayev (13), Farhod Bekmurodov (15), Nurillo To‘xtasinov (25), Toma Tabatadze (45), Farhod Sohibjonov (46)
Chetlatish: Nurillo To‘xtasinov (65)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Neftchi" "Andijon"ni mag‘lub etib. 1-o‘ringa qaytdi