21:42 / 10.04.2023
265

Maksim Shatskix: "Keyingi uchrashuvda boshqa uslubda o‘ynashimiz mumkin"

Maksim Shatskix: "Keyingi uchrashuvda boshqa uslubda o‘ynashimiz mumkin"
"Qizilqum"ga qarshi Superliganing 5-tur o‘yinidan so‘ng "Paxtakor" ustozi Maksim Shatskix matbuot anjumanida ishtirok etdi.
 
Shatskix Shatskix: "O‘yini adolatli yutdik deb o‘ylayman. nazorat bizning ostimizda edi, ko‘proq gol urishimiz kerak edi. Birinchi taymda kichik xatolikka yo‘l qo‘ydik va raqib hujum qildi. Umumiy qilib aytganda adolatli tarzda 3 ochkoni qo‘lga kiritdik".
 
- Ko‘p yosh futbolchilarga ishonch bildirasiz va bugun ham ular, o‘zini yaxshi namoyish etishdi. Yosh o‘yinchilarni kuchli raqiblarga qarshi bo‘ladigan uchrashuvda ham shunday yaxshi o‘yin namoyish etishiga ishonasizmi?
- Men har doim hamma narsa o‘z vaqtida bo‘lishi tarafdoriman. 15 aprel kuni o‘yinimiz bor va shu uchrashuvdan so‘ng ular yana terma jamoa safiga borib qo‘shilishadi. Men har doim maydonda 11 nafar eng yaxshi futbolchi maydonda harakatlanishi tarafdoriman. Kim qanday shug‘ullansa, shunday o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi.
 
- Bugun himoyada oddiy xatoga yo‘l qo‘yib gol o‘tkazib yubordingizlar. Himoya chizig‘idan ko‘nglingiz to‘lmoqdami?
- Gol bo‘lgan vaziyatda, bu oddiy individual xato. Shu sabab gol o‘tkazib yuborgan vaziyatga ko‘p e’tibor bermayapman. Bunday xatolar qilmasligimiz kerak. Biz har kuni mashg‘ulotlarda buning ustida ishlaymiz, lekin afsuski bunday xatolar ro‘y berib turadi.
 
- Bugungi uchrashuvni ham jamoangiz 3ta markaziy himoyachi bilan o‘yinni boshladi. Bu jamoaning yangi taktik uslubimi yoki vaqtinchalik rotatsiya?
- Menga qiziq kim bunday o‘ylaydi. Qanot himoyachilarining hujumga o‘tgan vaqti, markaziy himoyachilardan biri tayanch zonaga ko‘tariladi va shu sabab taktik chizgi o‘zgarishi mumkin. Men taktik uslubga urg‘u berishni xohlamayman, bizda taktikalar ko‘p va o‘yin vaqti ham uslubimizni o‘zgartira olamiz. Keyingi uchrashuvda boshqa uslubda o‘ynashimiz ham mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maksim Shatskix: "Keyingi uchrashuvda boshqa uslubda o‘ynashimiz mumkin"