
"Al-Hilol" PSJ himoyachisi Serxio Ramos transferini amalga oshirmoqchi, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira. Saudiya klubi ispanga yillik 28 million yevrolik maosh taklif qilishga tayyor.
PSJ yozda katta transferlarga qo‘l uradi. Shuningdek, parijliklarni bir qancha futbolchilar tark etadi. Ular orasida 37 yoshli himoyachi ham bo‘lishi mumkin. Sababi, uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida tugaydi va yangi bitim borasida muzokaralar o‘tkazilmayapti.
"Al-Hilol" yozda Ramosdan tashqari Messini ham o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Jamoa argentinalik hujumchiga yiliga 400 million yevro to‘lamoqchi. Lionelning ham kelajagi so‘roq ostida qolmoqda. U PSJning taklifini qabul qilmadi va "Barsa"ga qaytish ehimoli mavjud.
Al-HilolPSJSerxio RamosTransfer JarayoniLionel MessiFutbol Transferlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar