Chempionlar ligasining chorak finalida “Manchester Siti”dan yirik hisobda (0:3) mag‘lubiyatga uchragan “Bavariya” futbolchilaridan Sadio Mane va Leroy Sane urishib qoldi.
Myunxen jamoasi vakillari Sadio Manening o‘z jamoadoshiga tashlangani sababini tushungani yo‘q, deb xabar bermoqda Bayern & Germany nashri.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Bavariya” futbolchilari Maneni qattiq tanqid qilmoqda va uning jamoadan tezroq ketishini istayapti.
Avvalroq, klub rahbariyatini senegallik yulduzning o‘zini tutishi qoniqtirmayotgani haqida xabarlar chiqqan edi. Shu bois, “Bavariya” tez orada Mane bilan xayrlashishga tayyorligi aytilmoqda.
2022 yili “Liverpul”dan “Bavariya”ga o‘tgan Manening amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan. U shu kunga qadar 32 ta uchrashuvda 11 ta gol va beshta assist muallifi bo‘ldi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring