
O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – OKMK (2:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Og‘ir xatolarimiz sabab mag‘lub bo‘ldik. Birinchi bo‘limda o‘yin tizginini o‘z qo‘limizga olganimizda, kutilmaganda sodir bo‘lgan chetlatish o‘yinning borishini o‘zgartirib yubordi. 10 kishi qolgan bo‘lsak-da, dastlabki taymni yaxshi o‘tkazdik.
Ikkinchi bo‘limda tushunarsiz xatolar sabab, imkoniyatni boy berdik. Yuqori maqsadni qo‘ygan jamoa futbolchilari bunday xatoga yo‘l qo‘yishi kerak emas. Darvozabon yarim jamoa deb bejiz aytishmaydi. Rahimov birinchi golda vaqtliroq chiqishi, ikkinchisida joyida qolishi lozim edi”, – dedi Qosimov.
O‘zPFL matbuot xizmati
O‘zbekiston SuperligasiMetallurg OKMKMirjalol QosimovOg‘ir XatolarIkkinchi Bo‘limDarvozabon Yarım Jamoa O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar