
Xabaringiz bor, joriy yilning 1-14 may kunlari poytaxtimiz kattalar o‘rtasida boks bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. E’tiborlisi, Toshkentda o‘tadigan jahon chempionatining sovrin jamg‘armasi rekord darajaga ko‘tarildi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi: 5.2 million AQSH dollarini tashkil qiladi.
Sovrinli o‘rinni egallagan bokschilar quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
Oltin medal uchun: 200 ming AQSH dollari
Kumush medal uchun: 100 ming AQSH dollari
Bronza medal uchun: 50 ming AQSH dollari
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar